*Aksiya Sovrinlarini o’tkazish jadvali Tashkilotchi tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchiga bog’liq bo’lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda o’zgartirilishi mumkin.
**Asosiy sovrinning xususiyatlari (NPG "Zamon" turar joy majmuasidagi kvartira) ushbu Qoidalarning 6.2.2., 6.2.3., 6.2.4. va 10.13-bandlarida ko‘rsatilgan.
8.4. Yutuqlar tanlovi va/yoki Bosh Yutuq tanlovi o’tkaziladigan va g’oliblarni aniqlash sanasida Tashkilotchi Asosiy G’oliblarni (keyingi o’rinlarda “Asosiy g’olib” va/yoki “G’olib”) va Zaxira (Muqobil) G’oliblarni (keyingi o’rinlarda –“Mujqobil G’olib”) aniqlaydi. Har bir Yutuqlar tanlovi doirasida Asosiy g'oliblar miqdori Yutuqlar tanlovi doirasida o'ynaladigan sovrinlar miqdoriga teng bo'lishi kerak;
8.5.1. Muqobil G‘oliblar Asosiy G‘olibni almashtirish uchun ushbu Qoidalarning 8.4-bandiga muvofiq Asosiy G‘oliblar bilan bir xil usulda aniqlanadi.
8.6. Asosiy G‘olib quyidagi hollarda Muqobil G‘olib bilan almashtirilishi mumkin:
- Asosiy G‘olib bilan bog‘lana olmaslik;
- Asosiy G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilganda;
- Asosiy G‘olibning Aksiya shartlariga mos kelmasligi;
- Asosiy G‘olib 1 oy davomida Haftalik sovrinlarni olish uchun kelmasa;
- Asosiy G‘olib Asosiy Sovrinni olish uchun 5 ish kuni ichida kelmasa;
8.7. Har bir Asosiy G’olib Aksiya Tashkilotchisining +998712030020 raqamidan Asosiy G’olibning M Cosmetic jismoniy sodiqlik Kartasi yoki M Cosmetic virtual sodiqlik Kartasiga biriktirilgan telefon raqamiga telefon qo’ng’irog’i orqali xabardor qilinadi.
Agar Aksiyaning Asosiy G’olibining telefon raqami zonadan tashqarida bo'lsa yoki Aksiyaning Asosiy G’olibi Tashkilotchi Asosiy G’olibni aniqlagan paytdan boshlab 48 soat ichida qo’ng’iroqqa javob bermasa yoki Aksiya tashkilotchisiga bog’liq bo’lmagan boshqa texnik sabablarga ko’ra javob bermasa, shuningdek, agar Asosiy G’olib o’zining shaxsga doir ma`lumotlarini Aksiya Tashkilotchisi tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bermasa, Asosiy G’olib Aksiya Tashkilotchisining qaroriga e`tiroz bildirish imkoniyatisiz g’alaba qozonish imkoniyatini yo’qotadi, g’olib bo’lgan Ishtirokchining Arizasi esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday holda, Sovrin Muqobil G’olibga qayta tayinlanadi. Agar Muqobil G’olib bilan aloqa bo’lmagan taqdirda yoki Muqobil G’olib Aksiya shartlarini buzsa yoki Muqobil G’olib Aksiya shartlariga mos kelmasa, Sovrin keyingi Muqobil G’olibga o’tadi.
8.6. M Cosmetic chakana savdo tarmog’i uchun jismoniy sodiqlik Kartasini yoki M Cosmetic virtual sodiqlik Kartasini ro’yxatdan o’tkazishda Ishtirokchiga berilgan mobil telefon raqami Ishtirokchida ushbu Qoidalarning 3-Bo’limida ko’rsatilgan Aksiyaning butun muddati davomida saqlanishi kerak. Agar mavjud bo’lmasa, mobil telefon raqami uchinchi shaxslarga o’tkazilsa, ro’yxatdan o’tgan mobil telefon raqami o’zgartirilsa, G’olib aksiya sovrinini olish huquqini yo’qotadi. Boshqa telefon raqami bilan qayta ro’yxatdan o’tishga yo’l qo’yilmaydi.
8.7. Aksiya g’olibi Tashkilotchiga sovg’a olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (O’zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning yashash uchun ruxsatnomasi);
- soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR) nusxasi;
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL);
9. SOVRINLARDAN FOYDALANISH SHARTLARI/TARTIBI
9.1. Sovringa egalik huquqi G’olibga bunday sovrin topshirilgan paytdan boshlab o’tadi, Aksiya G’olibi o’ziga o’tkazilgan Aksiya mukofotidan keyingi foydalanish bilan bog’liq barcha choralarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
9.2. Aksiya ishtirokchilari o’zlarining mobil telefon raqamlari Aksiya davrida kiruvchi qo’ng’iroqlar va kiruvchi matnli xabarlar uchun mavjud bo‘lishini ta`minlash uchun javobgardir.
9.3. Aksiya sovrinini olish huquqi Aksiya G’olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas. Yutilgan sovrinni aksiyaning boshqa sovrinlari bilan almashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Sovrinlarning pul ekvivalentlari to‘lovi amalga oshirilmaydi. Agar G’olib yutuqni shaxsan ololmasa va bu huquqni ishonchli shaxsga o’tkazish niyatida bo’lsa, bunday o’tkazma yutgan sovrinni almashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlanishi kerak.
9.4. Aksiyadagi sovrinlar soni cheklangan va ushbu Qoidalarda ko’rsatilgan miqdordadir. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinlarni berish bo’yicha majburiyatlari ushbu Qoidalarning 6.2-bandida va 6.2.1-bandida ko’rsatilgan Sovrin jamg’armasining umumiy hajmi bilan cheklangan.
10. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH
10.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi:
10.1.1. Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog’liq vazifalarni bajarmasliklari (o’z vaqtida bajarmaganliklari);
10.1.2. Ishtirokchilarni Aksiya Qoidalari bilan tanishtirmaslik, shuningdek Aksiya natijalari bilan tanishmasliklari;
10.1.3. Ishtirokchilar xatlar, qo’ng’iroqlar va/yoki elektron xabarlarni, shu jumladan pochta xizmati, aloqa tashkilotlarining texnik muammolar va/yoki Internet va/yoki Aksiyani o’tkazishda foydalaniladigan aloqa kanallaridagi firibgarliklar natijasida kelib chiqqan holda qabul qilmasliklari;
10.1.4. Aksiya Tashkilotchisining aybisiz uyali aloqa operatorlari, Internet provayderlarining har qanday texnik nosozliklari, uzilishlari, profilaktika ishlari va h.k.lar uchun;
10.1.5. Agar yengib bo’lmaydigan holatlar yuzaga kelsa (fors-major holatlari), shu jumladan COVID-19 bilan bog’liq favqulodda holat va/yoki sanitariya-epidemiologiya cheklovlari/taqiqlarini joriy etilsa.
10.2. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog’liq barcha va har qanday xarajatlarni mustaqil ravishda to’laydilar (shu jumladan cheklovlarsiz, uyali aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish bilan bog’liq xarajatlar, Internet, Aksiya haqida har qanday ma`lumot olish, aksiya mahsulotini sotib olish va boshqalar).
10.3. Tashkilotchi Aksiya sovrinlariga bo'lgan huquq to'g'risidagi har qanday nizolar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Har holda, nizolar bo'yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror shikoyat qilinmaydi.
Uyali telefon raqami, elektron pochta manzili, Aksiya mahsuloti, ishtirokchining noyob kodi, jismoniy yoki virtual M Cosmetic sodiqlik kartasi, u yoki bu shaxsga chek tegishli ekanligi to’g’risida nizolar yuzaga kelganda, tashkilotchi nizoga kirishmaydi. Bunday nizolarning barchasi nizo taraflari o’rtasida mustaqil ravishda va o’z mablag’lari hisobidan hal qilinadi.
10.4. Tashkilotchi Internet-provayderlar, aloqa operatorlari, pochta, kuryer yoki boshqa xizmatlardagi pochta va elektron pochta jo'natmalarining kelmasligi yoki kechikib kelishi, yo’qolishi yoki shikastlanishi natijasida yuzaga kelgan har qanday xatolar uchun javobgar emas.
10.5. Tashkilotchi Aksiya G’olibi tomonidan taqdim etilgan sovrinni olgandan keyin undan keyingi foydalanishi va Aksiya G’olibi va/yoki biron sababga ko’ra taqdim etilgan sovrindan foydalana olmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi.
10.6. Olingan Sovrindan faqat Ishtirokchi bo’lgan shaxslar foydalanishi mumkin. Sovrin bitim predmeti yoki to’lov vositasi bo’ladigan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlarga yo’l qo’yilmaydi.
10.7. Tashkilotchi o’z xohishiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalar talablarini hisobga olgan holda ishtirok etish uchun barcha arizalarni haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, ushbu Aksiyada ishtirok etish to’g’risidagi hujjatlarni qalbakilashtirgan yoki undan foyda ko’rgan, yoki ushbu qoidalarni buzgan holda, ushbu harakat bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo’lgan har qanday boshqa shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki bezovta qilish niyatida harakat qilish yoki nojo’ya xatti-harakatlarni amalga oshirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablarini buzisgan har qanday shaxsga ushbu Aksiyada ishtirok etishni taqiqlashi mumkin.
10.8. Tashkilotchi Aksiyada firibgarlikning oldini olish uchun istalgan vaqtda qo’shimcha texnik cheklovlar kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi. Agar biron bir Ishtirokchining nohaq xatti-harakatlariga urinishi aniqlansa, uning yutug’i bekor qilinadi va Ishtirokchining o’zi Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
10.9. Tashkilotchi unda mavjud bo’lgan texnik imkoniyatlar asosida hamda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu qoidalar talablarini hisobga olgan holda Aksiyada ishtirok etishning vijdonan baholanishini mustaqil ravishda amalga oshiradi.
10.10. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong’in, suv toshqini, har qanday xarakterdagi harbiy harakatlar, qamallar, pandemiya bilan bog’liq karantin choralari, Aksiya hududida amaldagi qonunchilikdagi jiddiy o’zgarishlar kabi fors-major holatlar yuzaga kelganda, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda Tashkilotchiga bog’liq bo’lmagan boshqa holatlarda javobgar emas.
10.11. Tashkilotchi soliq agenti sifatida Ishtirokchining mukofoti miqdoridan 6.2-bandda ko’rsatilgan sovg’ani olish bilan bog’liq jismoniy shaxslarning daromad solig’ini O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 365, 368, 370, 377-moddalariga muvofiq sovg’a qiymatining 12% miqdorida o’tkazadi.
10.12. “FB DISTRIBUTORS GROUP” MChJ soliq agenti sifatida O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 365, 368, 370, 377-moddalariga muvofiq 6.2.1-banddagi sovg’ani olish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy shaxslarning daromad solig’ini Ishtirokchining mukofoti miqdoridan sovg’a qiymatining 12% miqdorida o’tkazadi.
11. SHAXSIY MA`LUMOTLAR
11.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq va dolzarb (ishonchli) ma`lumotlarni ko’rsatishga, shuningdek, o’z xohishiga ko’ra va o’z manfaatlarini ko’zlab, Tashkilotchiga va uning vakolatli shaxsiga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, O’zbekiston Respublikasi “Shaxsga ma`lumotlar to’g’risida”gi 2019-yil 21-iyundagi O’RQ-547-son qonunida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda va hajmda Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma`lumotlar va boshqa ma`lumotlarni to’plash, qayta ishlash, o’tkazishga, shu jumladan transchegaraviy o’tkazishga, foydalanish, saqlashga rozilik berish majburiyatini oladi.
11.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida Sovrin olish uchun Ishtirokchi Tashkilotchiga ushbu Oferta (Qoidalar) bilan belgilangan ma’lumotlarni (shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarini) O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
11.3. Aksiyada ishtirok etib, har bir Ishtirokchi Tashkilotchi tomonidan ishtirokchi taqdim etgan ma`lumotdan, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo’lmagan marketing va/yoki boshqa reklama faoliyatida shaxsga doir ma`lumotlardan cheklanmagan holda foydalanishga roziligini tasdiqlaydi, xususan, reklama/marketing maqsadida uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi yoki u haqidagi boshqa materiallardan bepul foydalanish uchun, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma, audio va video materiallarda, sovrin olingan taqdirda ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlarda (ism va fotosurat) nashr etish huquqi, shuningdek, ma`lumot, xabarlar (shu jumladan reklama xarakteridagi) va boshqalarni yuborish uchun, hudud, vaqt va foydalanish usulida hech qanday cheklovlarsiz va bunday foydalanish tashkilotchi tomonidan hech qanday tarzda qoplanmaydi.
11.4. Aksiyada ishtirok etib, Aksiya G’olibi Tashkilotchiga va uning vakolatli vakiliga uning shaxsiy ma’lumotlaridan, shu jumladan fotosuratlar, intervyular, telefon raqamlari, elektron pochta, push-bildirishnomalari va (yoki) u haqidagi boshqa materiallardan Tashkilotchining reklama va(yoki) marketing maqsadlarida foydalanish huquqini beradi, xususan, lekin cheklanmagan holda: Tashkilotchi va uning vakolatli vakiliga ishtirokchining ma`lumotlari va materiallarini ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma nashrlarda, Internetda, hudud, vaqt va foydalanish usulida hech qanday cheklovlarsiz nashr etish huquqi beriladi; va bunday foydalanish Aksiya Tashkilotchisi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday tarzda qoplanmaydi (to’lanmaydi).
11.5. Aksiyada ishtirok etib, har bir Ishtirokchi kelgusida tashkilotchi va uning vakolatli vakilidan o'z mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, SMS-xabarlar, Push-bildirishnomalar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (pochta xabarlarini) qabul qilishga rozilik beradi.
12. BOSHQA SHARTLAR
12.1. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishning barcha qoidalari va shartlari bilan tanishishb chiqqanligini va ular bilan to’liq va so’zsiz/shartsiz roziligini tasdiqlaydi.
12.2. Aksiya qoidalari Aksiyani o’tkazish butun muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o’zgartirilishi va/yoki to’ldirilishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisi istalgan vaqtda Aksiya shartlari, Aksiya o’tkazish qoidalari va muddatlariga bir tomonlama o’zgartirishlar kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi, shuningdek Tashkilotchi Aksiya o’tkazilishini muddatidan oldin tugatish huquqiga ega. Aksiya qoidalariga o’zgartirishlar kiritish va/yoki qo’shimchalar qo’shish, ular Tashkilotchi tomonidan ma`qullangan va Tashkilotchining saytida e`lon qilingan taqdirdagina mumkin.
12.3. Aksiya Tashkilotchisi, o’z xohishiga ko’ra, Ishtirokchilarga sabablarni tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalarga kirmasdan, Aksiya Ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topish, shuningdek, Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash, Tashkilotchi Ishtirokchi ma`lumotlarni qalbakilashtirayotgani yoki har qanday ma`lumotlarni qalbakilashtirishdan foyda ko'rayotgani to’g’risida asosli shubhaga ega bo’lgan har qanday shaxsga mukofot olishni rad etish huquqiga ega.
12.4. Ushbu Qoidalarni noaniq talqin qilishga imkon beradigan vaziyat, har qanday bahsli masalalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qilinadi.
12.5. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlarda Aksiya Tashkilotchisi va Ishtirokchilari/G’oliblari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
12.6. Tomonlarning javobgarlik me`yorlari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.
12.7. Ushbu Ommaviy ofertaning amal qilish muddati - 25.02.2025 yilgacha.