1. ASOSIY MA'LUMOT
1.1. Ushbu Qoidalar «Dzintars’dan sovg‘a» marketing aksiyasini o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi (keyingi o‘rinda — «Aksiya»).1.2. Aksiya «M Cosmetic» savdo tarmog‘ining mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uning sotuvlarini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.Aksiya lotereya emas, unda ishtirok etish uchun ishtirokchilardan to‘lov talab qilinmaydi va xavf tug’dirmaydi. Aksiya bo‘yicha ishtirok bepul.Aksiya jarayonida ishtirok etgan har bir ishtirokchi ushbu qoidalarga (keyingi o‘rinda - «Qoida») to‘liq rozilik bildiradi.1.3. Aksiya doirasida uning o‘tkazilish muddati davomida ishtirokchilarga ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq sovg‘a taqdim etiladi.1.4. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriydir. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan tanishganini va ularga to‘liq roziligini bildiradi. 2. AKSIYA TASHKILOTCHISI HAQIDA MA’LUMOT
2.1. Aksiya tashkilotchisi (bu yerda, yuqorida va bundan keyin - "Tashkilotchi"): "MAGNIT O‘RTA OSIYO" MCHJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR: 309 167 892, joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi 88A-uy, pochta indeksi: 100084, Telefon: +998 71 203 00 20, Elektron pochta: info_uz@magnit.ru.3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI
3.1. Aksiya o‘tkazilish muddati: 2025-yil 10-yanvardan 2025-yil 27-aprelgacha (bundan keyin "Aksiya muddati" yoki "Aksiya davri" deb yuritiladi).
3.2. Aksiya shartlariga mos keladigan xaridlarni amalga oshirish muddati 2025-yil 10-yanvardan 2025-yil 27-aprelgacha.
3.3. Sovrin butun Aksiya davri mobaynida xarid qilingan paytning o‘zida topshiriladi.
3.4. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.
4. HUDUD, PROMO-SAYT VA AXBOROT BERISH TARTIBI
4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan "M Cosmetic" savdo-chakana tarmog‘ida amal qiladi (do‘konlarning aniq manzillari va joylashuvi rasmiy veb-saytninghttps://mcosmetic.uz/stores manzilidagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu Qoidalarning ajralmas qismi hisoblanadi) (bundan keyin - "Aksiya amal qiladigan hudud" deb yuritiladi).2. Aksiya ishtirokchilarini Aksiyada qatnashish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar), hamda Aksiya qoidalari haqida quyidagi usullar orqali xabardor qilish amalga oshiriladi:- Aksiya tashkilotchisining rasmiy veb-saytida https://mcosmetic.uz (yuqorida, shu yerda va bundan keyin - "Sayt" deb yuritiladi);- M Cosmetic mobil ilovasida (yuqorida, shu yerda va bundan keyin - "Mobil ilova" deb yuritiladi);- Tashkilotchining xohishiga ko‘ra boshqa usullar bilan;- Aksiya bo‘yicha savollar bilan xatlar kelganda elektron pochta orqali: info_uz@magnit.ru4.3. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish faqat Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilingandan keyin amalga oshirilishi mumkin.4.4. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, ushbu Qoidalarda va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar hamda nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno. 5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
5.1. Aksiya ishtirokchilari (bu yerda, yuqorida va keyinchalik birgalikda - "Ishtirokchilar," alohida - "Ishtirokchi") Aksiya amal qilayotgan paytda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan, Tashkilotchining sodiqlik aksiyasida ro‘yxatdan o‘tgan va amaldagi/faol jismoniy yoki virtual (virtual sodiqlik kartasi M Cosmetic mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak) "M Cosmetic" savdo-chakana savdo tarmog‘ining sodiqlik kartalari egasi bo‘lgan, ushbu Aksiya qoidalari shartlarini bajargan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.5.3. Ushbu Qoidalarning 6-bandida ("Aksiyada ishtirok etish shartlari va tartibi" bo‘limi) va boshqa bo‘limlarida ko‘rsatilgan shartlarga mos kelmaydigan shaxslarning Aksiyada ishtirok etganligi aniqlansa, Tashkilotchi bunday shaxslarning Aksiyada ishtirok etishini rad etishga va/yoki ularga Sovrinni berishdan bosh tortishga haqli.6. AKSIYADA QATNASHISH SHARTLARI VA TARTIBI
6.1. Aksiyada ishtirok etish uchun, Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya muddati davomida, 3.2-bandda belgilangan vaqt oralig‘ida, 4.1-bandda sanab o‘tilgan M Cosmetic chakana savdo tarmog‘ining istalgan jismoniy do‘konida 1 (bir) fiskal chekda 300 000,00 (uch yuz ming) so‘m va undan yuqori summaga xarid amalga oshirishi lozim. To‘lov o‘z mablag‘lari hisobidan (naqd pul, plastik karta yoki XAS kassalarini qo‘llab-quvvatlovchi to‘lov tizimi orqali) hamda"M Cosmetic" savdo-chakana tarmog‘ining sodiqlik kartasi (bundan keyin "Sodiqlik kartasi" va/yoki "M Cosmetic savdo-chakana tarmog‘ining sodiqlik kartasi" deb yuritiladi) yordamida amalga oshirilishi kerak. Sovg‘a sertifikatlarini xarid qilish Aksiyada ishtirok etish huquqini bermaydi. M Cosmetic mobil ilovasini quyidagi manbalardan yuklab olish mumkin:Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.astor.loyalty.mobile.mcosmetic&hl=ruIOS uchun: https://apps.apple.com/ru/app/m-cosmetic/id1618932123Aksiya shartlari va qoidalariga muvofiq to‘liq so‘rovnomadan o‘tkazilgan sodiqlik kartasi.6.2. Ishtirokchi 1 (bir) fiskal chekda 300 000,00 (uch yuz ming) so‘mdan yuqori xarid qilsa, unga o‘z tanloviga ko‘ra DZINTARS Asari Blackcurrant 20 ml tish pastasi yoki DZINTARS Gauja Ultra-Complex 20 ml tish pastasi (bundan keyin matnda "Sovrin" deb yuritiladi) taqdim etiladi.6.2.1. Sovrin bir nechta chek summalarini qo‘shish orqali berilmaydi.6.2.2. Sodiqlik kartasisiz amalga oshirilgan xaridlar uchun Sovrin berilmaydi.6.3. Ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar soni cheklanmagan.6.4. Tashkilotchining qaroriga ko‘ra, xaridorni Aksiyada ishtirok etishi haqida xabardor qilish maqsadida Telegram-botdagi xabarlar, SMS-bildirishnomalar va M Cosmetic ilovasi orqali Push-bildirishnomalardan foydalanish mumkin.Agar Ishtirokchi mobil ilova, SMS yoki Telegram-bot orqali xabarnoma olmagan bo‘lsa, u +998712030020 raqamli aloqa markaziga murojaat qilishi mumkin.6.5. Chek bo‘yicha Sovrin olingandan so‘ng, mazkur chek boshqa Aksiyada qatnashmaydi. Bitta chek - bitta Sovrin.6.6. Tashkilotchi ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish orqali xarid miqdorini, jumladan, Sovrinning miqdori, summasi va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. O‘zgarishlar Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.6.7. Sovrinning pul ekvivalenti Tashkilotchi tomonidan berilmaydi, boshqa Sovrinlar bilan almashtirilmaydi.7. XARAJATLAR. JAVOBGARLIK CHEGARASI
7.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:7.1.1. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish va (yoki) Sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi (o‘z vaqtida bajarmasligi);7.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya qoidalari bilan tanishmaganligi, shuningdek, Aksiya o‘tkazilishi natijalari bilan tanishmaganligi;7.1.3. Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlar olmaslik, jumladan pochta xizmati, aloqa tashkilotlarining aybi tufayli, shuningdek Aksiyani o‘tkazishda foydalaniladigan Internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallaridagi texnik muammolar va/yoki firibgarlik natijasida;7.1.4. Aksiya tashkilotchisining aybi bo‘lmagan holda yuzaga kelgan uyali aloqa operatorlari va Internet-provayderlari tomonidan amalga oshirilgan har qanday texnik nosozliklar, uzilishlar, profilaktika ishlari va boshqa holatlar uchun;7.1.5. Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari yuz berganda, jumladan favqulodda vaziyat rejimi va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilganda 7.2. Aksiyaning barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni (shu jumladan, cheklovlarsiz, uyali aloqa operatorlari xizmatlaridan, Internet tarmog‘idan foydalanish, Aksiya haqida har qanday ma’lumotni olish, Aksiya doirasida mahsulotni sotib olish va boshqalar bilan bog‘liq xarajatlarni) mustaqil ravishda to‘laydilar.7.3. Tashkilotchi Aksiya Sovriniga bo‘lgan huquq yuzasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar uchun javobgar emas. Har qanday holatda nizolar bo‘yicha yakuniy qarorni Tashkilotchi qabul qiladi va bunday qaror ustidan shikoyat qilib bo‘lmaydi.Tashkilotchi mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, mahsulot, Ishtirokchining noyob kodi, M Cosmetic jismoniy yoki virtual sodiqlik kartasi, chek kimga tegishli ekanligi to‘g‘risidagi nizolarga aralashmaydi. Bunday nizolarning barchasi nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilinadi.7. 4. Tashkilotchi Internet-provayderlar, aloqa operatorlari faoliyati, shuningdek, pochta, kuryerlik yoki boshqa xizmatlarning xatolari natijasida pochta va elektron jo‘natmalarning kelmay qolishi, kechikib kelishi, yo‘qolishi yoki shikastlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.7.5. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchisi tomonidan olingan Sovrinning keyinchalik qanday foydalanilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.7.6. Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalarni hisobga olgan holda, barcha ishtirok etish arizalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Shuningdek, Aksiyada ishtirok etish hujjatlarini soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan, yoxud ushbu Qoidalarni buzib, mazkur Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni bezovta qilish, haqoratlash, tahdid qilish yoki ularga noqulaylik tug‘dirish maqsadida harakat qilgan yoki noto‘g‘ri xatti-harakatlar sodir etgan, hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablarini buzgan har qanday shaxsning ushbu Aksiyada keyingi ishtirokini man etishi mumkin.7.7. Tashkilotchi istalgan paytda Aksiyada firibgarlikning oldini olish maqsadida qo‘shimcha texnik cheklovlar joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biror-bir Ishtirokchining noto’g’ri xatti-harakatga urinishi aniqlangan taqdirda, uning yutug‘i bekor qilinadi va Ishtirokchining o‘zi Aksiyada keyingi ishtirok etishdan chetlashtiriladi. 7.8. Tashkilotchi o‘zining mavjud texnik imkoniyatlari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalarini inobatga olgan holda, Aksiyada ishtirok etish halolligini mustaqil ravishda baholaydi.7.9. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, qamallar, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari,Aksiya o‘tkaziladigan hududda amal qilayotgan qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda Tashkilotchi nazoratidan tashqarida bo‘lgan boshqa vaziyatlar yuz berganda javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.8. SHAXSIY MA’LUMOTLAR
8.1. Aksiyada ishtirok etuvchi shaxs aniq va haqiqiy ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi, shuningdek o‘z xohishi va manfaatlarini ko‘zlab, Tashkilotchiga va u vakolat bergan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan 2019-yil 21-iyundagi "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi O‘RQ-547-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda ushbu Qoidalarda belgilangan holatlarda va hajmda ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar va boshqa axborotni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish (shu jumladan transchegaraviy tarzda), foydalanish va saqlash uchun rozilik beradi.8.2. Aksiyada ishtirok etish va uning doirasida Sovrinni olish uchun, Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda Tashkilotchiga ushbu Ofertada (Qoidalarda) ko‘rsatilgan ma’lumotlarni (shu jumladan, o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini) taqdim etishi lozim. 8.3. Aksiyada ishtirok etish orqali, har bir Ishtirokchi Tashkilotchiga o‘zi taqdim etgan ma’lumotlardan, jumladan shaxsiy ma’lumotlardan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan holda marketing va/yoki boshqa reklama faoliyatlarida foydalanishga roziligini tasdiqlaydi. Bu, xususan, uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi yoki u haqidagi boshqa materiallardan reklama/marketing maqsadlarida bepul foydalanishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Sovrin qo‘lga kiritilgan taqdirda, OAVda, har qanday bosma, audio va video materiallarda, OAV bilan intervyularda e’lon qilish (ismi va fotosurati) huquqini ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, axborot va xabarlar (shu jumladan reklama xususiyatiga ega bo‘lgan) yuborish uchun ham foydalanish mumkin. Ushbu foydalanish hududiy, vaqt va usul jihatidan hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi va Tashkilotchi tomonidan hech qanday tarzda qoplanmaydi.8.4. Aksiyada ishtirok etish orqali, har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqamiga va elektron pochta manziliga Tashkilotchi hamda u vakolat bergan shaxsdan kelgusida SMS-xabarlar, push-bildirishnomalar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (tarqatma xabarlarni) olishga muddati cheklanmagan holda rozilik beradi. 9. BOSHQA SHARTLAR
9.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Aksiyani o‘tkazishning barcha qoidalari va unda ishtirok etish shartlari bilan tanishganligini hamda ularga to‘liq va so‘zsiz/shartsiz roziligini tasdiqlaydi.2. Aksiya o‘tkazish qoidalari Tashkilotchi tomonidan Aksiyaning butun muddati davomida o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin. Aksiya tashkilotchisi istalgan vaqtda Aksiya shartlariga, uni o‘tkazish qoidalari va muddatlariga bir tomonlama tarzda o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bundan tashqari, Tashkilotchi Aksiyani muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega. Aksiyani o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va/yokiqo‘shimchalar kiritish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilingandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.9.3. Aksiya tashkilotchisi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalarga kirishmasdan, Aksiya ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Tashkilotchida Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi yoki har qanday soxta ma’lumotlardan foyda olishi haqida asosli shubhalar paydo bo‘lgan har qanday shaxsning Aksiyada keyingi ishtirokini taqiqlashga va unga Sovrinni berishni rad etishga haqlidir.9.4. Ushbu Qoidalarni, har qanday bahsli masalalarni va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalarni turlicha talqin qilishga imkon beradigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qarorni Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qiladi.9.5. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlarda, Tashkilotchi va Aksiya ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladi.9.6. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.9.7. Ushbu Ommaviy ofertaning amal qilish muddati Aksiya muddati yakunlangunga qadar.