* Aksiya sovrinlarini o‘ynash jadvali Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchi va Buyurtmachiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelganda o‘zgartirilishi mumkin.
9.3. Agar sovrinlar G‘oliblarini aniqlash muddati tugagan bo‘lsa va Aksiya o‘tkaziladigan sanada Ro‘yxatdan o‘tgan Ishtirokchilar soni ushbu Aksiya Qoidalarining 9.4-bandiga mos kelmasa, potensial sovrinlar G‘oliblarini aniqlash G‘oliblarni aniqlashning keyingi davriga ko‘chiriladi. Shuningdek, taqsimlanishi kerak bo‘lgan Sovrinlarning umumiy soni ham G‘oliblarni aniqlashning keyingi davriga o‘tkazilad
9.4. O‘yin o‘tkaziladigan va g‘oliblar aniqlanadigan kunda Tashkilotchi asosiy g‘oliblar va zaxira (muqobil) g‘oliblarni (bundan keyin "Muqobil g‘olib" deb yuritiladi) belgilaydi. Har bir yutuqli o‘yin doirasidagi asosiy g‘oliblar soni o‘sha yutuqli o‘yinda o‘ynaladigan sovrinlar soniga teng bo‘lishi shart;
Yutuqli o‘yin doirasida Muqobil g‘oliblar soni quyidagicha:
- 1-yutuqli o‘yin - 11 (o‘n bir) ishtirokchi
Tashkilotchi Asosiy g‘olib Aksiya shartlarini buzgan yoki G‘olib Aksiya shartlariga boshqacha tarzda mos kelmagan taqdirda, Asosiy g‘olibni almashtirish uchun Muqobil g‘oliblarni belgilaydi.
Aksiya tashkilotchisi bunday zaxira (muqobil) g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishga majbur emas.
9.5.Har bir asosiy g‘olib Aksiya tashkilotchisining +998 90 908 14 06 raqamidan qilingan telefon qo‘ng‘irog‘i orqali xabardor qilinadi. Bu qo‘ng‘iroq M COSMETIC jismoniy sodiqlik kartasiga yoki M COSMETIC ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan M COSMETIC virtual sodiqlik kartasiga biriktirilgan asosiy g‘olibning telefon raqamiga amalga oshiriladi.
9.6. Sovrin g‘oliblari aniqlangan kundan boshlab 3 ish kuni ichida Operator sovrinni topshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish maqsadida M COSMETIC Sodiqlik kartasiga biriktirilgan g‘olibning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali g‘oliblar bilan bog‘lanadi. Agar aksiya g‘olibining telefoni aloqa zonasidan tashqarida bo‘lsa, yoki aksiya g‘olibi 72 soat ichida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, yoxud aksiya tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa har qanday texnik sabablarga ko‘ra, g‘olib aksiya tashkilotchisining qaroriga e’tiroz bildirish huquqisiz g‘alaba qozonish imkoniyatini yo‘qotadi. Bunday holda sovrin muqobil nomzodga qayta tayinlanadi. Agar muqobil nomzod bilan ham aloqa o‘rnatib bo‘lmasa, sovrin keyingi muqobil nomzodga o‘tkaziladi va shu tartibda davom etadi.
9.7. M COSMETIC Sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda Ishtirokchiga biriktirilgan mobil telefon raqami ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya muddati davomida Ishtirokchida saqlanishi shart. Mobil telefon raqami uchinchi shaxslarga berilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqami o‘zgartirilgan hollarda, G‘olib (va/yoki Muqobil nomzod) Aksiya sovrinini olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Boshqa telefon raqami bilan qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9.8. 1 (bir) Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 8.1-bandi va 9.2-bandida ko‘rsatilgan shartlar hamda talablarni bajargan holda O‘yinda bir necha marta ishtirok etishi mumkin.
9.9. 1 (bir) ta Ishtirokchi butun Aksiya davomida faqat 1 (bir) ta sovrin olishi mumkin.
10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI VA TARTIBI
10.1. Haftalik/Bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun G‘olib, Operatordan xabarnoma olgan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kunidan kechiktirmagan holda (ushbu Qoidalarning 9.6-bandi), Operatorga o‘zi haqidagi quyidagi hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni taqdim etishi shart:
10.1.1. G‘olibning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa);
10.1.2. G‘olibning to‘liq va aniq yashash manzili;
10.1.3. Amaldagi pasportning 2 (ikki) tomonidan olingan fotosurati yoki skanerlangan nusxasi.
G‘olibning pasportida shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
10.1.4. Agar chet el fuqarosida JSHSHIR mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini tasdiqlovchi hujjatda JSHSHIR ma’lumotlari qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi;
10.1.5. G‘olib tomonidan imzolangan, Tashkilotchi/Operatorga shaxsiy ma’lumotlarni uzatishga rozilik (bundan keyin "Shaxsiy ma’lumotlarni uzatishga rozilik" deb yuritiladi) hujjatining fotosurati yoki skanerlangan nusxasi, keyinchalik kuryerlik xizmati orqali Tashkilotchiga shaxsiy ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashga rozilikning imzolangan asl nusxasi taqdim etiladi (Tashkilotchi/Operatorga shaxsiy ma’lumotlarni uzatishga rozilik shakli Operator tomonidan Aksiya qoidalarining 9.6-bandiga muvofiq bildirishnoma doirasida Ishtirokchiga oldindan taqdim etiladi);
10.2. Ushbu Qoidalar shartlarini bajarmagan Aksiya g‘olibi Sovrinlarni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bunday holda, Aksiya Buyurtmachisi bunday Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.
10.3. Aksiya Sovrin g‘oliblari Aksiya Sovrinlarini Operator joylashgan manzilda mustaqil ravishda olib ketadilar. Operator joylashgan manzil G‘olibga qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.
Sovrinni olish joyiga borish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkilotchi, Operator yoki Buyurtmachi tomonidan qoplanmaydi.
10.5. Aksiya ishtirokchisi, quyidagi hollarda, ko‘rsatilgan holatlar qachon ma’lum bo‘lganidan qat’i nazar, tegishli sovrinni olish huquqini hech qanday tovon to‘lovisiz, shu jumladan pul mukofotisiz yo‘qotadi:
10.5.1. agar Aksiya ishtirokchisi unga tegishli sovrin topshirilishidan oldin ushbu Qoidalarni buzgan deb topilsa;
10.5.2. agar Aksiya ishtirokchisi sovrinni olishdan voz kechishini og‘zaki yoki elektron aloqa vositalari orqali yozma ravishda bildirsa;
10.5.3.Aksiya ishtirokchisini identifikatsiya qilish imkoni bo‘lmaganda;
10.5.4. bunday G‘olib bilan bog‘lanishga 3 (uch) marta muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng;
10.5.5.G‘olib o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini Aksiya tashkilotchisi/Operatoriga berishdan bosh tortgan taqdirda;
10.5.6. G‘olib belgilangan muddatda ushbu Qoidalarning 10.1-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishni rad etgan taqdirda.
10.6. Buyurtmachi/Tashkilotchi/Operator tomonidan sovrinlarni topshirish majburiyatlari tegishli sovrinlar kuryer xizmatiga jo‘natish uchun topshirilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi. Buyurtmachi/Tashkilotchi/Operator kuryer xizmatining harakatlari yoki harakatsizligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
10.7. Sovrin egalik huquqi G‘olibga bunday sovrin topshirilgan paytdan boshlab o‘tadi. Aksiya G‘olibi o‘ziga tegishli Aksiya sovrinini sotish va undan foydalanish bilan bog‘liq barcha choralarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
10.8. Quyidagi sabablar tufayli, ammo bular bilan cheklanmagan holda, Buyurtmachi/Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda Aksiya G‘olibi tomonidan 2025-yil 1-noyabrgacha Sovrinni yuborish/qabul qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda:
- G‘olib tomonidan elektron pochta manzilining o‘chirilishi yoki unga kirish imkoniyatining yo‘qotilishi;
- G‘olibning noto‘g‘ri elektron pochta manzilini ko‘rsatishi;
- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, Internet-provayder tarmog‘idagi uzilishlar, nosozliklar va xatolar;
- Internet tarmog‘idagi uzilishlar, xatolar va nosozliklar;
- Internet, elektr energiyasining yo‘qligi/blokirovkasi;
- davlat hokimiyati organlari tomonidan Aksiya g‘olibining pochta manzili ko‘rsatilgan pochta xizmatlari va (yoki) saytlarini bloklash, ularni ekstremistik va (yoki) terroristik deb e’tirof etish;
bunday Aksiya sovrini talab qilib olinmagan deb hisoblanadi, tegishli G‘olib tomonidan takroran talab qilib olinishi mumkin emas va Aksiya Buyurtmachisi tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalaniladi..
10.9. Aksiya ishtirokchilariga Aksiyani o‘tkazishning butun davri davomida ularning mobil raqamlari kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va kiruvchi matnli xabarlar uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash mas’uliyati yuklanadi.
10.10. Aksiya Sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas.
10.11. Yutib olingan sovrinni Aksiyaning boshqa sovrinlariga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur Qoidalarning 7.4-bandi bundan mustasno). Sovrinlarning pul ekvivalentini to‘lash amalga oshirilmaydi. Aksiya sovrinlarini pul yoki boshqa ekvivalentga almashtirishga ruxsat berilmaydi. Sovrinlar qaytarilmaydi.
10.12. Aksiya sovrinlarining soni cheklangan bo‘lib, ushbu Qoidalarning 7-bo‘limida ko‘rsatilgan miqdorni tashkil etadi. Tashkilotchining ishtirokchilarga sovrinlar berishga oid majburiyatlari ushbu Qoidalarning 7.2-, 7.3-, 7.4-bandlarida ko‘rsatilgan Sovrin jamg‘armasining umumiy miqdori bilan cheklanadi. Shu sababli, Aksiya ishtirokchisi hech qanday tovon, jumladan pul ko‘rinishidagi tovonni talab qilishga haqli emas.
10.13. Davomiyligi 30 kundan ortiq bo‘lgan ommaviy taklif asosidagi Aksiyada ishtirok etib, sovrin olgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismi 14-bandiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lamaydi. Aksiya sovrinini olish, egalik qilish va tasarruf etish munosabati bilan G‘olibda yuzaga keladigan boshqa to‘lovlarni, O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa mamlakatlar budjetiga yig‘imlarni, komissiyalarni va qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish G‘olibning o‘zi tomonidan mustaqil ravishda bajariladi..
11.XARAJATLAR VA JAVOBGARLIK CHEKLOVI
11.1. Na Tashkilotchi, na Buyurtmachi quyidagilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi:
11.1.1. Ishtirokchilarning Aksiyada qatnashish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi yoki o‘z vaqtida bajarmasligi;
11.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya qoidalari bilan tanishmaganligi, shuningdek Aksiya o‘tkazilishi natijalaridan bexabar qolganligi;
11.1.3. Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlarning olinmasligi, jumladan pochta xizmati, aloqa tashkilotlarining aybi tufayli, shuningdek Aksiyani o‘tkazishda foydalaniladigan Internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallaridagi texnik muammolar va/yoki firibgarlik oqibatida yuzaga kelgan holatlar;
11.1.4. Ishtirokchilardan sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni olmaslik (o‘z vaqtida olmaslik) holatlari;
11.1.5. Aksiyani o‘tkazish va sovrinlarni topshirish maqsadida ishtirokchilardan to‘liq bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri aloqa ma’lumotlari, boshqa ma’lumotlar hamda shaxsiy ma’lumotlarni olish;
11.1.6. Aksiya Tashkilotchisi/Operatorining aybi bo‘lmagan holda yuzaga kelgan uyali aloqa operatorlari va Internet-provayderlarning har qanday texnik nosozliklari, uzilishlari, profilaktik ishlari va boshqa muammolari uchun;
11.1.7. Ishtirokchining Aksiyada qatnashishi va/yoki sovrin olishi bilan bog‘liq har qanday xarajatlar va(yoki) ko‘rgan zararlari uchun.
11.1.8. yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari yuz berganda, shu jumladan COVID-19 sababli favqulodda holat rejimi va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilganda.
11.2. Aksiyaning barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni (shu jumladan, cheklanmagan holda, Internet tarmog‘idan foydalanish, Aksiya haqidagi har qanday ma’lumotni olish, aksiya mahsulotini xarid qilish va boshqa shu kabi xarajatlarni) o‘z hisobidan to‘laydilar.
11.3. Operator va (yoki) Tashkilotchi, va (yoki) Aksiya buyurtmachisi Aksiya sovrinlariga bo‘lgan huquq bo‘yicha yuzaga keladigan har qanday nizolar uchun javobgar bo‘lmaydi. Har qanday holatda nizolar bo‘yicha yakuniy qarorni Buyurtmachi qabul qiladi va bunday qaror ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
11.4. Tashkilotchi, Buyurtmachi yoki Operator mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, Aksiya mahsuloti, M COSMETIC sodiqlik kartasining biror shaxsga tegishliligi bo‘yicha nizolar yuzaga kelgan taqdirda, bu bahslarga aralashmaydi. Bunday nizolarning barchasi nizolashuvchi tomonlar o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilinadi
12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR
12.1. Aksiyada ishtirok etish orqali, Ishtirokchi aniq va dolzarb (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiyatini oladi. Shuningdek, o‘z xohishi va manfaatlarini ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-sonli "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunda va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda va hajmda, Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar va boshqa axborotni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish (shu jumladan transchegaraviy tarzda), foydalanish va saqlash uchun Operator, Tashkilotchi, Buyurtmachi, Texnik hamkor va ular vakolat bergan shaxslarga rozilik beradi.
Aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlari ishonchli tarzda himoyalanishi, ularga uchinchi shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yo‘l qo‘yilmasligi shart.
12.2. Aksiyada ishtirok etish orqali, Aksiya ishtirokchisi Tashkilotchiga, Buyurtmachiga, Texnik hamkorga va ular vakolat bergan shaxslarga oldindan yozma rozilik asosida o‘zining shaxsiy ma’lumotlari, fotosurati, intervyusi, telefon raqamlari, elektron pochtasi va (yoki) u haqidagi boshqa materiallardan Buyurtmachining reklama va (yoki) marketing maqsadlarida foydalanish huquqini beradi. Ushbu huquq quyidagilar bilan cheklanmaydi, lekin ularni o‘z ichiga oladi:
Buyurtmachi, Tashkilotchi, Axborot hamkori va ular vakolat bergan shaxslarga Ishtirokchining ma’lumotlari hamda materiallarini ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma nashrlarda, Internet tarmog‘ida, hududiy, vaqt va foydalanish usuli bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz e’lon qilish huquqi beriladi. Bunday foydalanish uchun Tashkilotchi yoki Buyurtmachi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday tarzda to‘lov amalga oshirilmaydi.
12.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqamiga va elektron pochta manziliga Buyurtmachi, Tashkilotchi va ular vakolat bergan shaxslardan kelgusida SMS-xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (tarqatma xabarlarni) olishga muddatsiz rozilik beradi.
12.4. Ishtirokchi istalgan vaqtda support@kogi.uz elektron manziliga tegishli yozma xabar yuborish orqali ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olishni rad etish huquqiga ega.
12.5. Ishtirokchilar Aksiyani o‘tkazish maqsadlari uchun o‘z ixtiyori bilan taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlari va axborotlarini Tashkilotchi va (yoki) Operator, va (yoki) Texnik hamkor, shuningdek, ular vakolat bergan shaxslar tomonidan avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari yordamida ishlov berilishiga rozilik bildiradilar.
12.6. Ishtirokchi istalgan vaqtda Qoidalarning 12.2-bandiga muvofiq berilgan Rozilikni qaytarib olish huquqiga ega. Ishtirokchining Roziligini qaytarib olish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan taqdirda, Tashkilotchi, Buyurtmachi va (yoki) ular vakolat bergan shaxslar bunday Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishni darhol to‘xtatadi hamda qaytarib olish haqidagi xabar kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida shaxsiy ma’lumotlarni yo‘q qiladi. Shundan so‘ng, Ishtirokchining Aksiyada keyingi ishtiroki va Aksiya Sovrinlarini olishi mumkin bo‘lmaydi.
12.7. Aksiya ishtirokchisi shaxsiy ma’lumotlar va axborotlarni qayta ishlash, to‘plash, uzatish (shu jumladan transchegaraviy tarzda), foydalanish va saqlashga roziligini Aksiya boshlanish sanasidan boshlab 2023-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatga beradi. Aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlari va axboroti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, maxfiylik shartlari asosida, ushbu Qoidalarning mazkur bandida ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar saqlanadi va qayta ishlanadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagach, ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari va axboroti Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan yo‘q qilinishi lozim.
13. BOSHQA SHARTLAR
13.1. Aksiyada ishtirok etish orqali, Ishtirokchi quyidagilarni tasdiqlaydi:
13.1.1. Aksiyani o‘tkazishning barcha qoidalari va unda ishtirok etish shartlari bilan tanishganligini hamda ularga o‘zining to‘liq va so‘zsiz roziligini bildirganligini.
13.1.2. Ishtirokchi, Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi va (yoki) Texnik hamkorga o‘z tasviri tushirilgan fotomateriallar, intervyular va o‘zi ishtirok etgan boshqa materiallardan Aksiyani, "Mayeri" savdo belgisini reklama qilish va (yoki) e’lon qilish maqsadida foydalanishga rozilik beradi. Bunda Ishtirokchiga haq to‘lanmaydi. Ishtirokchi Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi va (yoki) Texnik hamkorga mazkur materiallarni efirga uzatish, ommaviy namoyish etish orqali foydalanish huquqini, shuningdek, Aksiya va uning natijalarini, hamda "Mayeri" savdo belgisini ommaviy reklama qilish va (yoki) e’lon qilish maqsadida boshqa nomutlaq mualliflik huquqlarini beradi.
13.1.3. Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi va (yoki) Texnik hamkor Ishtirokchi bilan bog‘liq materiallarni ommaviy axborot vositalarida, veb-saytda, Internet tarmog‘ida joylashtirishdan oldin ularni Ishtirokchi bilan oldindan kelishmasdan tahrirlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
13.2. Aksiya tashkilotchisi, o‘z ixtiyoriga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalar olib bormasdan, Aksiya ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Tashkilotchida Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi yoki har qanday soxta ma’lumotlardan foyda olishi haqida asosli shubhalar paydo bo‘lgan har qanday shaxsning Aksiyada keyingi ishtirokini taqiqlashga va unga Sovrinni berishni rad etishga haqlidir
13.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi Buyurtmachi va u vakolat bergan shaxslardan o‘z mobil telefon raqamiga, elektron pochta manziliga matnli xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (tarqatma xabarlarni) kelgusida olishga muddati cheklanmagan holda rozilik beradi. Ishtirokchi istalgan paytda support@kogi.uz elektron manziliga tegishli yozma xabar yuborish orqali mazkur ma’lumotlarni qabul qilishdan voz kechish huquqiga ega.
13.4. Ushbu Qoidalarni turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘yadigan, har qanday bahsli masalalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qarorni Buyurtmachi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qabul qiladi. Barcha e’tirozlar va nizolarni Buyurtmachi ko‘rib chiqadi.
13.5. Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilmagan barcha holatlarda Tashkilotchi/Operator/Buyurtmachi/Texnik hamkor va Aksiya ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
13.6. Tashkilotchi Zoodpay bo‘lib to‘lash xizmati orqali, shuningdek M COSMETIC sovg‘a kartalari yordamida to‘langan cheklarni Aksiyada ishtirok etish uchun ariza sifatida qabul qilmaydi va qayd etmaydi.
13.7. M COSMETIC sodiqlik kartasidan olingan bonuslar bilan to‘langan xaridlar ham Aksiyada ishtirok etmaydi.