Ommaviy oferta 16
"Самый сок" marketing aksiyasida ishtirok etish shartlari
"Самый сок" dan sovrin
(bundan keyin - "Qoidalar", "Ommaviy oferta" deb yuritiladi)
Toshkent sh.
«5» mart 2025 yil.

1. ASOSIY MA’LUMOT

1.1. Ushbu Qoidalar "Самый сок” dan sovg‘a marketing aksiyasini (bundan keyin "Aksiya" deb yuritiladi) o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
1.2. Aksiya "M Cosmetic" savdo tarmog‘i mahsulotlariga qiziqishni shakllantirish va uni saqlab qolish, shuningdek, mahsulotlar sotuvini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Aksiya lotereya hisoblanmaydi, unda ishtirok etish Ishtirokchilardan pul to‘lashni talab qilmaydi va tavakkalchilikka asoslanmagan. Aksiyada ishtirok etish bepul.
Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar ushbu qoidalarga (bundan keyin "Qoidalar" deb yuritiladi) to‘liq rozilik bildiradilar.
1.3. Aksiya doirasida uni o‘tkazish davrida Ishtirokchilarga ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq Sovrin taqdim etiladi.
1.4. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriydir. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan tanishganligini va ularga to‘liq rozi ekanligini tasdiqlaydi.

2. AKSIYA TASHKILOTCHISI HAQIDA MA’LUMOT

2.1. Aksiya tashkilotchisi (bu yerda, yuqorida va keyinchalik – "Tashkilotchi"): "MAGNIT O‘RTA OSIYO" MCHJ XK, O‘zbekiston

Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR: 309 167 892, manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent

shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi 88A, pochta indeksi: 100084, Telefon: +998 71 203 00 20, E-mail: info_uz@magnit.ru.

3. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATI

3.1. Aksiyani o‘tkazish muddati: 2025-yil 6-martdan 2025-yil 8-martgacha (bundan keyin "Aksiya muddati" yoki "Aksiya davri" deb ham yuritiladi).

3.2. Aksiya shartlariga muvofiq xaridlarni amalga oshirish muddati: 2025-yil 6-martdan 2025-yil 8-martgacha.

3.3. Sovrin Qoidalarning 6.1-bandiga muvofiq tabrik xati ko‘rsatilganda beriladi.

3.4. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.


4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABAR BERISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi va "M Cosmetic" savdo-chakana tarmog‘ining quyidagi manzillarda joylashgan uchta do‘koniga taalluqlidir:
- Toshkent, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi, 21
- Toshkent, Bobur ko‘chasi, 174/12
- Toshkent, Yoqub Kolas ko‘chasi, 2
4.2. Ishtirokchilarni Aksiyada qatnashish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar), Aksiya qoidalari haqida xabardor qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
- Aksiya tashkilotchisining rasmiy veb-saytida https://mcosmetic.uz (yuqorida, bu yerda va bundan keyin - "Sayt");
- M Cosmetic mobil ilovasida (yuqorida, bu yerda va bundan keyin - "Mobil ilova");
- Tashkilotchining tanloviga ko‘ra boshqa usullar orqali;
- Aksiya bo‘yicha savollar mavjud xatlar kelganda elektron pochta orqali: info_uz@magnit.ru
4.3. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish faqat Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilingandan keyin kuchga kiradi.
4.4. Tashkilotchi ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan holatlar va nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.

5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5.1. Aksiya amal qilayotgan paytda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar Aksiya ishtirokchilari (bu yerda, yuqorida va keyinchalik birgalikda - "Ishtirokchilar," alohida holda - "Ishtirokchi") bo‘lishi mumkin.



6. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

6.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi promouterdan tabriknoma bilan gul olishi, tabriknoma bilan Qoidalarning 4.1-bandida ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha "M Cosmetic" savdo-chakana tarmog‘i do‘koniga kelishi va uni Sovrin’ga almashtirishi kerak.
6.2. Sovrin sifatida Ishtirokchi 1 dona "Самый сок" brendining qo‘l kremini oladi.
6.3. Bir ishtirokchi Aksiya doirasida faqat bitta Sovrin olishi mumkin.
6.4. Sovrinlar soni cheklangan. Tashkilotchi Sovrinlar soni tugagan taqdirda Aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
6.5. Sovrinning pul ekvivalenti to‘lanmaydi, boshqa tovarga almashtirilmaydi.

7. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH

7.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:
7.1.1. Ishtirokchilarning Aksiyada qatnashish va (yoki) Sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi (o‘z vaqtida bajarmasligi);
7.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya qoidalari bilan tanishmasligi, shuningdek Aksiya natijalaridan xabardor bo‘lmasligi;
7.1.3. Pochta xizmati, aloqa tashkilotlarining aybi, shuningdek Aksiyani o‘tkazishda foydalaniladigan Internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallaridagi texnik muammolar va/yoki firibgarlik natijasida Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlarni ololmasligi;
7.1.4. Aksiya tashkilotchisining aybisiz yuzaga kelgan uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlardagi har qanday texnik uzilishlar, nosozliklar, profilaktika ishlari va boshqa muammolar;
7.1.5. Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari, jumladan favqulodda holat rejimi va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilishi.
7.2. Aksiyaning barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Bu xarajatlarga cheklovlarsiz, mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish, Internet tarmog‘iga ulanish, Aksiya haqida ma’lumot olish, Aksiya doirasida mahsulot xarid qilish va boshqa shu kabi xarajatlar kiradi.
7.3. Tashkilotchi Aksiya Sovriniga bo‘lgan huquq bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar uchun javobgar emas. Har qanday holatda nizolar bo‘yicha yakuniy qarorni Tashkilotchi qabul qiladi va bunday qaror ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Bunday nizolarning barchasi nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal etilishi lozim.
7.4. Tashkilotchi Internet-provayderlar, aloqa operatorlarining ishi, pochta, kuryerlik yoki boshqa xizmatlarning har qanday xatolari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar kelib tushmaganligi yoki kechikib kelganligi, yo‘qolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar emas.
7.5. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan Sovrinni olgandan so‘ng undan keyingi foydalanish uchun javobgar emas.
7.6. Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalarni hisobga olgan holda, barcha ishtirok etish arizalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Shuningdek, Aksiyada ishtirok etish hujjatlarini soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan, yoxud ushbu Qoidalarni buzib, ushbu Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni bezovta qilish, haqoratlash, tahdid qilish yoki ularga noqulaylik tug‘dirish maqsadida harakat qilgan yoki noto‘g‘ri xatti-harakatlar sodir etgan, hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablarini buzgan har qanday shaxsning ushbu Aksiyada keyingi ishtirokini taqiqlashi mumkin.
7.7. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiyada firibgarlikning oldini olish maqsadida qo‘shimcha texnik cheklovlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar biror Ishtirokchining nohalol xatti-harakatiga urinish aniqlansa, uning yutug‘i bekor qilinadi va Ishtirokchining o‘zi Aksiyada keyingi ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
7.8. Tashkilotchi Aksiyada ishtirok etishning halolligini o‘zining mavjud texnik imkoniyatlari asosida, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda ushbu Qoidalar qoidalarini inobatga olgan holda mustaqil ravishda baholaydi.
7.9. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, qamallar, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda amalda bo‘lgan qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek Tashkilotchi nazoratidan tashqari bo‘lgan boshqa holatlar kabi fors-major vaziyatlar yuzaga kelganda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod etiladi.

8. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

8.1. Aksiyada ishtirok etar ekan, Ishtirokchi aniq va dolzarb (haqqoniy) ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiyatini oladi, shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab, Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda va hajmda Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar va boshqa axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, uzatish, shu jumladan transchegaraviy tarzda foydalanish, saqlash uchun rozilik beradi. , 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-son "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi
8.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida Sovrinni qo‘lga kiritish uchun Ishtirokchi Tashkilotchiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda ushbu Ofertada (Qoidalarda) belgilangan ma’lumotlarni (shu jumladan, o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini) taqdim etishi shart.
8.3. Aksiyada ishtirok etish orqali, har bir Ishtirokchi Tashkilotchiga o‘zi taqdim etgan ma’lumotlardan, jumladan shaxsiy ma’lumotlardan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan holda marketing va/yoki boshqa reklama faoliyatlarida foydalanishga roziligini tasdiqlaydi. Bu, xususan, uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi yoki u haqidagi boshqa materiallardan reklama/marketing maqsadlarida bepul foydalanishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Sovrin qo‘lga kiritilgan taqdirda, OAVda, har qanday bosma, audio va video materiallarda, OAV bilan intervyularda e’lon qilish (ismi va fotosurati) huquqini ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, axborot va xabarlar (shu jumladan reklama xususiyatiga ega bo‘lgan) yuborish uchun ham foydalanish mumkin. Ushbu foydalanish hududiy, vaqt va usul jihatidan hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi va Tashkilotchi tomonidan hech qanday tarzda qoplanmaydi.
8.4. Aksiyada ishtirok etish orqali, har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqamiga va elektron pochta manziliga Tashkilotchi hamda u vakolat bergan shaxsdan kelgusida SMS-xabarlar, push-bildirishnomalar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (tarqatma xabarlarni) olishga muddati cheklanmagan holda rozilik beradi.


9. BOSHQA SHARTLAR

9.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Aksiyani o‘tkazishning barcha qoidalari va unda ishtirok etish shartlari bilan tanishganligini hamda ularga to‘liq va so‘zsiz/shartsiz roziligini tasdiqlaydi.
9.2. Aksiya o‘tkazish qoidalari Tashkilotchi tomonidan Aksiyaning butun muddati davomida o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin. Aksiya tashkilotchisi istalgan vaqtda Aksiya shartlariga, uni o‘tkazish qoidalari va muddatlariga bir tomonlama tarzda o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bundan tashqari, Tashkilotchi Aksiyani muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega. Aksiyani o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va/yoki
qo‘shimchalar kiritish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilingandan keyingina amalga
oshirilishi mumkin.
9.3. Aksiya tashkilotchisi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalarga kirishmasdan, Aksiya ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Tashkilotchida Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi yoki har qanday soxta ma’lumotlardan foyda olishi haqida asosli shubhalar paydo bo‘lgan har qanday shaxsning Aksiyada keyingi ishtirokini taqiqlashga va unga Sovrinni berishni rad etishga haqlidir.
9.4. Ushbu Qoidalarni, har qanday bahsli masalalarni va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalarni turlicha talqin qilishga imkon beradigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qarorni Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qiladi.
9.5. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlarda, Tashkilotchi va Aksiya ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladi.
9.6. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun
hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
9.7. Ushbu Ommaviy ofertaning amal qilish muddati Aksiya muddati yakunlangunga qadar.
Цветы на сайте