1. ASOSIY MA'LUMOT
1.1. Ushbu Qoidalar "Navro‘z" marketing aksiyasini (bundan keyin "Aksiya" deb yuritiladi) o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.1.2. Aksiya "M Cosmetic" savdo tarmog‘i mahsulotlariga qiziqishni shakllantirish va uni saqlab qolish, shuningdek, ularning sotuvini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.Aksiya lotereya emas, unda ishtirok etish Ishtirokchilardan to‘lov talab qilmaydi va tavakkalchilikka asoslanmagan. Aksiyada ishtirok etish bepul.Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar ushbu qoidalarga (bundan keyin "Qoidalar" deb yuritiladi) to‘liq rozilik bildiradilar.1.3. Aksiya doirasida uni o‘tkazish davrida Ishtirokchilarga ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq Sovg‘a beriladi.1.4. Aksiyada qatnashish ixtiyoriydir. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqqanligini va ularga to‘liq roziligi borligini tasdiqlaydi. 2. AKSIYA TASHKILOTCHISI HAQIDA MA’LUMOT
2.1. Aksiya tashkilotchisi (bundan buyon matnda "Tashkilotchi" deb yuritiladi): "MAGNIT O‘RTA OSIYO" MCHJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR: 309 167 892, manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi 88A-uy, pochta indeksi: 100084, Telefon: +998 71 203 00 20, Elektron pochta: info_uz@magnit.ru 3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI
3.1. Aksiya o‘tkazilish muddati: 2025-yil 18-martdan 2025-yil 27-aprelgacha (bundan keyin "Aksiya muddati" yoki "Aksiya davri" deb yuritiladi).
3.2. Aksiya shartlariga mos keladigan xaridlarni amalga oshirish muddati 2025-yil 18-martdan 2025-yil 27-aprelgacha.3.3. Sovg‘a berish Aksiya davri mobaynida xarid paytida, agar u xarid vaqtida do‘konda mavjud bo‘lsa, amalga oshiriladi.3.4. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi. 4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABARDOR QILISH TARTIBI
4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan "M Cosmetic" chakana savdo tarmog‘ida amal qiladi (do‘konlarning
aniq manzillari va joylashuvi https://mcosmetic.uz/stores rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu Qoidalarning ajralmas qismi hisoblanadi) (bundan keyin "Aksiya amal qiladigan hudud" deb yuritiladi).
4.2. Ishtirokchilarni Aksiyada qatnashish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar),
Aksiya qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Aksiya tashkilotchisining rasmiy saytida https://mcosmetic.uz (yuqorida, bu yerda va keyinchalik - "Sayt");
- M Cosmetic mobil ilovasida (yuqorida, bu yerda va keyinchalik - "Mobil ilova");
- Tashkilotchining tanloviga ko‘ra boshqa usullar bilan;
- Aksiya bo‘yicha savollar kelganda elektron pochta orqali: info_uz@magnit.ru
4.3. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, Aksiya haqida
qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish faqat Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng va uning veb-saytida e’lon qilingandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
4.4. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalar o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollar va nizoli vaziyatlar
yuzaga kelganda bundan mustasno.
5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
5.1. Aksiya ishtirokchilari (bundan keyin birgalikda "Ishtirokchilar," alohida holda "Ishtirokchi" deb yuritiladi) Aksiya o‘tkazilayotgan paytda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan, Tashkilotchining sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tgan, "M Cosmetic" chakana savdo tarmog‘ining amaldagi/faol jismoniy yoki virtual (virtual sodiqlik kartasi M Cosmetic mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak) sodiqlik kartalarining egasi bo‘lgan, ushbu Qoidalarning shartlarini bajargan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.5.3. Ushbu Qoidalarning 6-bandi ("Aksiyada ishtirok etish shartlari va tartibi" bo‘limi) va boshqa bo‘limlari talablariga javob bermaydigan shaxslarning Aksiyada ishtiroki aniqlansa, Tashkilotchi bunday shaxslarning Aksiyada ishtirok etishini va/yoki Sovg‘a olishini rad etishga haqli.6. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI
6.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya muddati davomida, 3.2-bandda belgilangan davrda, 4.1-bandda ko‘rsatilgan M Cosmetic chakana savdo tarmog‘ining istalgan jismoniy do‘konida 1 (bir) fiskal chekda 120 000,00 (bir yuz yigirma ming) so‘m va undan yuqori summaga xarid qilishi lozim. Xarid o‘z mablag‘lari (naqd pul, plastik karta yoki XAS kassalarini qo‘llab-quvvatlovchi to‘lov tizimi orqali) hamda "M Cosmetic" chakana savdo tarmog‘ining sodiqlik kartasi (bundan keyin "Sodiqlik kartasi" deb yuritiladi) yordamida amalga oshirilishi kerak. Sovg‘a sertifikatlarini xarid qilish Aksiyada ishtirok etish huquqini bermaydi.
M Cosmetic mobil ilovasini quyidagi manzillardan yuklab olish mumkin:
Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.astor.loyalty.mobile.mcosmetic&hl=ru
IOS uchun: https://apps.apple.com/ru/app/m-cosmetic/id1618932123
Aksiya shartlari va qoidalariga muvofiq, to‘liq to‘ldirilgan sodiqlik kartasi talab etiladi.
6.2. 1 (bir) fiskal chekda 120 000,00 (bir yuz yigirma ming) so‘mdan yuqori xarid qilgan Ishtirokchiga xarid paytida 0,2 litrlik shisha idishdagi Sumalak (bundan keyin - Sovg‘a) beriladi.
6.2.1. Sovg‘a bir nechta cheklar summasi asosida berilmaydi.
6.2.2. Sodiqlik kartasisiz amalga oshirilgan xaridlar uchun Sovg‘a berilmaydi.
6.2.3. Sovg‘a faqat xarid vaqtida do‘konda mavjud bo‘lsagina beriladi.
6.3. Ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar soni cheklanmagan.
6.4. Tashkilotchining qaroriga ko‘ra, xaridorni Aksiyada ishtirok etayotgani haqida xabardor qilish uchun Telegram-bot xabarnomalaridan, SMS-xabarlardan va M Cosmetic ilovasi orqali Push-bildirishnomalardan foydalanish mumkin.
Agar Ishtirokchi mobil ilova, SMS yoki Telegram-bot orqali xabarnoma olmasa, u +998712030020 raqamli call- markaziga murojaat qilishi mumkin.
6.5. Chek bo‘yicha Sovg‘a olingandan so‘ng, ushbu chek Aksiyada qayta ishtirok etmaydi. Bir chek - bir Sovg‘a.
6.6. Tashkilotchi ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish orqali xarid summasini, shuningdek Sovg‘aning miqdori, qiymati va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. O‘zgarishlar Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6.7. Tashkilotchi tomonidan Sovg‘aning pul ekvivalenti berilmaydi, boshqa Sovg‘alar bilan almashtirilmaydi.
7. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH
7.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:7.1.1. Ishtirokchilar tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) Sovg‘ani olish bilan bog‘liq majburiyatlarning bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarilmasligi);7.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya qoidalari bilan tanishmaganligi, shuningdek, Aksiya natijalari bilan tanishmaganligi;7.1.3. Pochta xizmati, aloqa tashkilotlarining aybi bilan, Internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallaridagi texnik muammolar va/yoki firibgarlik natijasida Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlarni ololmaslik;7.1.4. Aksiya tashkilotchisining aybisiz yuzaga kelgan har qanday texnik uzilishlar, nosozliklar, profilaktika ishlari va uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlarning boshqa ishlari;7.1.5. Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari yuzaga kelganda, shu jumladan favqulodda holat rejimi va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilganda.7.2. Aksiyaning barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni (jumladan, cheklanmagan holda, mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish, Internet tarmog‘iga ulanish, Aksiya haqidagi ma’lumotlarni olish, Aksiya doirasida mahsulot xarid qilish va boshqa xarajatlarni) mustaqil ravishda to‘laydilar.7.3. Tashkilotchi Sovg‘aga bo‘lgan huquq bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar uchun javobgar emas. Har qanday holatda nizolar bo‘yicha yakuniy qarorni Tashkilotchi qabul qiladi va bunday qaror ustidan shikoyat qilib bo‘lmaydi.Tashkilotchi mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, mahsulot, Ishtirokchining unikal kodi, M Cosmetic jismoniy yoki virtual sodiqlik kartasi, chekni u yoki bu shaxsga tegishliligi to‘g‘risidagi nizolarga aralashmaydi. Bunday nizolarning barchasi nizolashuvchi tomonlar o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z hisobidan hal etiladi.7.4. Tashkilotchi Internet-provayderlar, aloqa operatorlarining ishi, pochta, kuryerlik yoki boshqa xizmatlarning xatolari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar kelmagan, kechikib kelgan, yo‘qolgan yoki shikastlangan hollarda javobgar bo‘lmaydi.7.5. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchisi tomonidan olingan Sovg‘adan keyinchalik foydalanish uchun javobgar emas.7.6. Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalarni inobatga olgan holda, barcha ishtirok etish arizalarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, Aksiyada ishtirok etish hujjatlarini qalbakilashtirgan yoki bundan foyda olgan, ushbu Qoidalarni buzgan, Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni bezovta qilish, haqoratlash, tahdid qilish yoki ularga nisbatan noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilish maqsadida harakat qilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablarini buzgan har qanday shaxsning Aksiyada ishtirok etishini taqiqlashi mumkin.7.7. Tashkilotchi istalgan paytda Aksiyada firibgarlikka to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha texnik cheklovlarni joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar biror Ishtirokchining nohalol xatti-harakatiga urinish aniqlansa, uning yutug‘i bekor qilinadi va Ishtirokchi Aksiyada keyingi ishtirok etishdan chetlashtiriladi.7.8. Tashkilotchi Aksiyada ishtirok etishning halolligini o‘zining mavjud texnik imkoniyatlari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalar qoidalarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda baholaydi.7.9. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, qamallar, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda amalda bo‘lgan qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, Tashkilotchi nazoratidan tashqari boshqa holatlar kabi fors-major vaziyatlar yuzaga kelganda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod etiladi. 8. SHAXSIY MA’LUMOTLAR
8.1. Aksiyada ishtirok etishda, Ishtirokchi aniq va dolzarb (ishonchli) ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi, shuningdek, o‘z ixtiyori va manfaatlarini ko‘zlab, Tashkilotchiga va u vakolat bergan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, 2019-yil 21-iyundagi "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi O‘RQ-547-sonli Qonunda va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda va hajmda Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar va boshqa axborotni to‘plash, qayta ishlash, uzatish (shu jumladan transchegaraviy tarzda), foydalanish va saqlash uchun rozilik beradi.8.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida Sovg‘a olish uchun Ishtirokchi Tashkilotchiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda ushbu Ofertada (Qoidalarda) ko‘rsatilgan ma’lumotlarni (shu jumladan, o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini) taqdim etishi shart.8.3. Aksiyada ishtirok etish orqali, har bir Ishtirokchi Tashkilotchiga o‘zi taqdim etgan ma’lumotlardan, jumladan shaxsiy ma’lumotlardan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan holda marketing va/yoki boshqa reklama faoliyatida foydalanishga roziligini tasdiqlaydi. Bu, xususan, uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi yoki u haqidagi boshqa materiallardan reklama/marketing maqsadlarida bepul foydalanishni, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma, audio va video materiallarda, ommaviy axborot vositalari bilan intervyularda, Sovg‘a olingan taqdirda, chop etish (ismi va fotosurati) huquqini, shuningdek, axborot, xabarlar (shu jumladan, reklama xususiyatiga ega) va boshqalarni yuborishni o‘z ichiga oladi. Bunday foydalanish hududiy, vaqt va usul jihatidan cheklanmaydi va Tashkilotchi tomonidan hech qanday tarzda qoplanmaydi.8.4. Aksiyada ishtirok etish orqali, har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqamiga, elektron pochta manziliga Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsdan kelgusida SMS-xabarlar, push-bildirishnomalar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (tarqatma xabarlarni) olishga muddatsiz rozilik beradi. 9. BOSHQA SHARTLAR
9.1. Aksiyada ishtirok etish orqali, Ishtirokchi Aksiyani o‘tkazishning barcha qoidalari va unda ishtirok etish shartlari bilan tanishganligini hamda ularga to‘liq va so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi.9.2. Aksiyani o‘tkazish qoidalari Tashkilotchi tomonidan Aksiyani o‘tkazishning butun muddati davomida o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin. Aksiya tashkilotchisi istalgan vaqtda Aksiya shartlariga, Qoidalariga va muddatlariga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shuningdek, Tashkilotchi Aksiyani o‘tkazishni muddatidan oldin to‘xtatishga haqli. Aksiyani o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangandan va uning veb-saytida e’lon qilingandan so‘ng kuchga kiradi. 9.3. Aksiya tashkilotchisi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarni tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalar olib bormasdan, Aksiya ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Aksiyada keyingi ishtirokini taqiqlashga haqli. Tashkilotchida Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirayotgani yoki har qanday soxta ma’lumotlardan foyda olayotgani haqida asosli shubha tug‘ilgan har qanday shaxsga Sovg‘ani berishni rad etishi mumkin.9.4. Ushbu Qoidalarni turlicha talqin qilishga imkon beradigan, har qanday bahsli masalalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qarorni Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qiladi.9.5. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlarda Tashkilotchi va Aksiya ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar. 9.6. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.9.7. Ushbu Ommaviy ofertaning amal qilish muddati - Aksiya muddati tugagunga qadar.