2.1. Mazkur Ommaviy oferta maqsadlarida quyidagi atamalar, quyida ko‘rsatilgan ma’noda ishlatiladi.
Rag‘batlantiruvchi aksiya – tadbir, tanlov, o‘yin o‘tkazish shaklida amalga oshiriladigan, reklamadan foydalanuvchilarni muayyan harakatlarni, shu jumladan qatnashish sharti reklama qilinayotgan tovarlarni sotib olish sharti bo‘lgan harakatlarni sodir etishga undaydigan reklama;
Kompaniya - “Magnit Srednyaya Aziya” MCHJ xorijiy korxonasi (STIR: 309167892), O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan yuridik shaxs bo‘lib, bosh ofisi quyidagi manzilda joylashgan: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 88 A, aloqa telefoni: + 998 71 203 00 20.
Ishtirokchi – “M Cosmetic” do‘konidan Aksiya o‘tkazilayotgan davrda ro‘yxatdagi « “Я самая” va “Солнце и Луна” »brendi tovarlarini (Ofertaning 3.4-bandi) 70 000 (yetmish ming) so‘mdan kam bo‘lmagan summaga xarid qilgan, QR-kodli kassa chekini olgan va keyin yozma ravishda qog‘oz blankasini to‘ldirgan jismoniy shaxs.
Jismoniy shaxs (mazkur Shartnoma maqsadlari uchun) – O‘zbekiston Respublikasining yuridik salohiyatli va 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan fuqarosi, yoxud Aksiya shartlarini bajargan va O‘zR amaldagi qonunchiligi talablariga, xuddi shu kabi mazkur Ommaviy oferta shartlariga ko‘ra Aksiyada qatnashish uchun cheklovlarga ega bo‘lmagan, 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.
“M Cosmetic” do‘konlari – O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, aniq manzillari
https://mcosmetic.uz/ru/#map havolasi bo‘yicha ko‘rsatilgan va Kompaniyaning mulki bo‘lgan do‘konlar.
Pul sovrini – Kompaniya tomonidan Aksiya g‘olibi bo‘lgan Ishtirokchiga 10 000 000 so‘m miqdorida beriladigan pul mablag‘lari.
G‘olib – sovrin o‘yinini o‘tkazish vaqtida tasodifiy tanlanadigan Ishtirokchi (batafsil Ofertaning 5.2-bandida).
Pul sovrinini o‘ynash – pul sovrinini topshirish maqsadida barcha Ishtirokchilar orasidan g‘olibni tanlashga qaratilgan harakat.
Pul sovrinini topshirish joyi – “Magnit Srednyaya Aziya” MCHJ xorijiy korxonasining quyidagi manzilda joylashgan ofisi: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 88 A, “Semurg” Biznes-markazi, 8-qavat.
Sayt – Kompaniya sayti
www.mcosmetic.uz, unda Aksiya to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Aksiyani o‘tkazish davri – 2023-yilning 1-mayidan 31-mayigacha. Pul sovrini o‘ynaladigan sana – 01.06.2023.
Blanka – pul sovrini ishtirokchisi bo‘lgan xaridorningning bog‘lanish ma’lumotlarini to‘ldirish uchun qog‘ozdagi shakl.
Blanka namunalari:
Rus tilidaO‘zbek tilidaKompaniya - “Magnit Srednyaya Aziya” MCHJ XK