"Magnit O‘rta Osiyo" mas’uliyati cheklangan jamiyat subyektlarining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish siyosati
Mundarija:
1. Mo‘ljallanishi va qo‘llanilish sohasi.
2. Qisqartmalar, asosiy tushunchalar va atamalar.
3. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishning huquqiy asoslari.
4. Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va ularga ishlov berish maqsadlari.
5. Ishlov beriluvchi shaxsiy ma’lumotlarning hajmi va toifalari, shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining toifalari.
6. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish tartibi va shartlari.
7. Subyektlarning murojaatlariga va so‘rovlariga ishlov berish tartibi.
8. Nazorat qiluvchi organlarning so‘rovlari holatida xatti-harakatlar tartibi.
9. Yakuniy qoidalar.

1-bo‘lim. Mo‘ljallanishi va qo‘llanilish sohasi.
1.1. Mazkur hujjat shaxsiy ma’lumotlarga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni saqlovchi hujjatlarga ishlov berish, ularni to‘plash va saqlashni ta’riflaydi.
1.2. Mazkur Siyosatni ishlab chiqilish maqsadi - inson va fuqaroning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishda ularning huquqlarini va erkinliklarini himoyalanishini, jumladan shaxsiy hayot, shaxsiy va oilaviy sirni dahlsizligiga huquqlarni, hamda shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni va ularning himoyasini tartibga soluvchi me’yorlarning talablarini bajarmaslik uchun shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning javobgarligini o‘rnatilishini ta’minlaydi.
1.3. Mazkur "Magnit O‘rta Osiyo" mas’uliyati cheklangan jamiyat subyektlarining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish Siyosati (keyingi o‘rinlarda - Siyosat) mazkur Siyosatni amalga kiritilguniga "qadar" olingan ma’lumotlarga qanday bo‘lsa, u amalga kiritilgandan "keyin" ham olingan ma’lumotlarga ham ta’sir etadi.

2-bo‘lim. Qisqartmalar, asosiy tushunchalar va atamalar.
Shaxsiy ma’lumotlar (keyingi o‘rinlarda - "ShM") - muayyan jismoniy shaxsga taalluqli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi elektron, qog‘oz va boshqa moddiy tashuvchisida qayd etilgan ma’lumot;
Shaxsiy ma’lumotlar subyekti - shaxsiy ma’lumotlarga taalluqli bo‘lgan jismoniy shaxs;
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi operatori (operator) - shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy shaxs va (yoki) yuridik shaxs;
Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish - shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, qo‘shimcha qilish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bitta harakatni yoki harakatlar jamlanmasini amalga oshirish;
Shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish - shaxsiy ma’lumotlarni noma’lum shaxslar doirasiga ochishga qaratilgan harakatlar, jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida oshkor etish, Internet Jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish yoki qandaydir boshqa usulda shaxsiy ma’lumotlarga kirish ruxsatini berish;
Shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish - shaxsiy ma’lumotlarni muayyan shaxsga yoki shaxslar doirasiga oshkor etishga qaratilgan harakatlar;
Shaxsiy ma’lumotlarni yo‘q qilish - natijasida shaxsiy ma’lumotlarni tiklash imkoni bo‘lmaydigan harakatlar;
Shaxsiy ma’lumotlarni shaxssizlantirish - natijasida shaxsiy ma’lumotlarni muayyan subyektga tegishli ekanligini aniqlash imkoni bo‘lmaydigan harakatlar;
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi - o‘z tarkibida shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan, axborotli tizim ko‘rinishidagi baza;
Shaxsiy ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish - shaxsiy ma’lumotlarni egasi va (yoki) operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasining hududidan tashqariga uzatish;
Axborot - ularni taqdim etish shaklidan qat’iy nazar ma’lumotlar (xabarlar).

3 bo‘lim. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishning huquqiy asoslari
3.1. Siyosat O‘zbekiston Respublikasining quyidagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoiy kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 21 iyundagi "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi" 547-sonli qonuni (keyinchalik - 547-sonli O‘RQ);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.06.2020 yildagi "Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 6012-sonli farmoni;
O‘zbekiston Respublikasining 11.12.2003 yildagi "Axborotlashtirish to‘g‘risidagi" 560-II-sonli qonuni;
O‘zbekiston Respublikasining 11.09.2014 yildagi "Tijorat siri to‘g‘risidagi" 374-sonli qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2020 yildagi "Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi" 71-sonli qarori.
3.2. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni qonuniy va oqilona asosda amalga oshiradi. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishning huquqiy asosi bo‘lib normativ-huquqiy hujjatlarning va yuridik ahamiyatli hujjatlarning jamlanmasi xizmat qiladi, ularni bajarish uchun va ularga muvofiq «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi;
«Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK va shaxsiy ma’lumotlarning subyektlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalar;
«Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK va doirasida shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish nazarda tutiladigan boshqa yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasining 06.01.2012 yildagi "Raqobat to‘g‘risidagi" 319-sonli qonuni;
Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishiga rozilik va h.z.

4 bo‘lim. Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va ularga ishlov berishning maqsadlari.
4.1. Shaxsiy ma’lumotlarga Ishlov berish maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomalarini tuzish;
Yuridik shaxsning ish beruvchi sifatidagi funksional vazifalarini bajarish;
Yuridik shaxsning qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchisi sifatidagi funksional vazifalarini bajarish;
«Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash;
Xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzish;
Yangi xaridorlar/iste’molchilarni jalb qilish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining xodimning o‘ziga, ba’zi hollarda esa xodimning qarindoshlariga imtiyozlar berish qismidagi talablarini bajarish.

5 bo‘lim. Ishlov beriladigan shaxsiy ma’lumotlarning hajmi va toifalari,
shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining toifalari.
5.1. Ishlov beriladigan shaxsiy ma’lumotlarning mazmuni va hajmi qo‘yilgan maqsadlarga to‘liq muvofiq keladi.
5.2. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK quyidagi toifadagi subyektlarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘adi va keyinchalik ularga ishlov beradi:
mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlar;
avval ishlagan va mehnat shartnomasini to‘xtatgan xodimlar;
xodimlarning yaqin qarindoshlari;
bo‘sh o‘rinlarga izlanuvchilar;
affillangan kompaniyalarning xodimlari;
direktorlar kengashi a’zolari;
aksiyadorlar;
Mijozlar sodiqligi dasturida ishtirok etish istagini bildirgan iste’molchilar/xaridorlar;
tadbirkorlik faoliyati uchinchi subyektlarining xodimlari;
xodimlarning qarindoshlari.

6 bo‘lim. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish tartibi va shartlari.
6.1. Subyektlarning barcha shaxsiy ma’lumotlarini «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK ularning o‘zlaridan, yoxud ularning qonuniy vakillaridan oladi.
6.2. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish shaxsiy ma’lumotlar subyektining roziligi asosida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi, 547-sonli O‘RQda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Subyektning rozilik shaklini tarkibida subyektning shaxsiy ma’lumotlari bo‘lgan hujjatlarning namunaviy shakllari bilan birlashtirishga ruxsat beriladi (masalan, anketalar, blankalar).
6.3. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish ostida shaxsiy ma’lumotlar bilan quyidagilarni o‘z ichiga kiritgan harakatlar (operatsiyalar) tushuniladi:
yig‘ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish);
tizimlashtirish, to‘plash;
foydalanish, tarqatish, uzatish;
shaxssizlantirish, bloklash, yo‘q qilish.
6.4. ShM subyekti o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish to‘g‘risida qarorni va ularga ishlov berilishiga roziligini o‘z ixtiyorida va manfaatida taqdim etadi.
6.5. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK subyektlarining ShMlariga bajariladigan funksiyalariga muvofiq tuzilmaviy bo‘linmalarda ishlov beriladi.
6.6. Avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan ishlov beriladigan ShMlarga kirish tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi.
6.7. Shaxsiy ma’lumotlarning axborot tizimlarida ishlov beriladigan ShMlarga (keyinchalik - ShMAT) kirish «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XKda belgilanadigan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi.
6.8. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK subyektlarining ShMlariga ruxsat etilgan vakolatlangan shaxslar vakolatli shaxslarning lavozim yo‘riqnomasiga binoan subyektning faqat aniq vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ShMlarini olish huquqiga ega.
6.9. Avtomatlashtirish vositasidan foydalanmasdan ShMlarga ishlov berish 547-sonli O‘RQ talablariga muvofiq bajariladi.
6.10. Bunday ishlov berishda shaxsiy ma’lumotlar boshqa axborotdan ajratib qo‘yiladi, xususan, ularni alohida ShM tashuvchilarda, maxsus bo‘limlarda yoki shakllar (blankalar)ning maydonlarida qayd etish yo‘li bilan.
6.11. ShMni saqlash ShM subyektini aniqlash imkonini beradigan shaklda, ularga ishlov berish maqsadlari talab etadigan muddatdan oshmasdan amalga oshiriladi.
6.12. Quyidagi hollarda ShM yo‘q qilinishi yoki shaxssizlantirilishi kerak:
ishlov berish maqsadlariga erishilganda yoki ularga erishish ehtiyoji yo‘qotilganda;
ShM subyektining ShMlarga ishlov berish roziligi chaqirib olinganda;
ShM subyekti yoki uning qonuniy vakili tomonidan ShM noqonuniy olinganligini yoki ishlov berishning so‘ralgan maqsadlari uchun zarur emasligini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etilganda;
ShM subyekti yoki uning qonuniy vakili murojaat qilganida ShMga noqonuniy ishlov berilganligi aniqlanganda va ShMga qonuniy ishlov berish imkonini ta’minlab bo‘lmaydiganda;
sud qarori qonuniy kuchga kirganida.
6.13. ShM materiallarining tashuvchilari maxsus jihozlangan shkaflarda va seyflarda saqlanadi. Saqlash joylari «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XKning ShM moddiy tashuvchilarini saqlash joylarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan belgilanadi.
6.14. ShM subyekti yoki uning qonuniy vakili tomonidan ShMlar to‘liq, aniq va dolzarb emasligini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etilgan kundan boshlab 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK ularga zarur o‘zgarishlarni kiritadi hamda subyektni kiritilgan o‘zgarishlar borasida xabardor qiladi, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan shaxsiy ma’lumotlarning o‘zgarishini va qo‘shimchasini kiritish zarur bo‘lgan holatda esa - bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
6.15. ShMlarni yo‘q qilish ShMlarga ishlov berish maqsadiga erishilgan paytdan boshlab 30 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi, agar O‘zR qonunchiligida boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa.
6.16. ShMlarni yo‘q qilish ShM subyektining ShMlarga ishlov berish roziligi chaqirib olingan paytdan 30 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
6.17. ShMni yo‘q qilish ShM subyekti yoki uning vakili tomonidan ShMlar noqonuniy olinganligini yoki so‘ralgan ishlov berish maqsadlari uchun zarur emasligini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etilgan paytdan boshlab 7 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
6.18. ShM subyekti yoki uning qonuniy vakili murojaat qilganida ShMlarga noqonuniy ishlov berish holatida yoki ShMlarga qonuniy ishlov berilishini ta’minlash imkoni bo‘lmaganida ShMlarni yo‘q qilish ShMlarga noqonuniy ishlov berilayotganligi aniqlangan paytdan boshlab 10 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. ShMlarga ishlov berish qonuniy emasligi va shaxsiy ma’lumotlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi qarorni ShMlarga ishlov berishni tashkillashtirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs qabul qiladi, u tegishli axborotni rahbariyatga yetkazadi. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK ShM subyektini yoki uning qonuniy vakilini shaxsiy ma’lumotlar yo‘q qilinganligi haqida xabardor qiladi.
6.19. ShMlarni yo‘q qilishni subyektning ShMlariga ishlov bergan va ushbu tuzilmaviy bo‘linma rahbarining nazorati ostida ShMlarni yo‘q qilish zarurligini belgilagan tuzilmaviy bo‘linma xodimlari tarkibidagi komissiya amalga oshiradi.
6.20. ShM moddiy tashuvchilarini yo‘q qilish usulini komissiya belgilaydi. Quyidagi usullardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi:
yoqib yuborish;
shredirlash (maydalash);
ixtisoslashtirilgan poligonlarga (chiqindixonalarga) berish yuborish;
kimyoviy ishlov berish.
6.21. Bunda shaxsiy ma’lumotlarning moddiy tashuvchilarini yo‘q qilishda ishtirok etgan komissiya raisi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi.
6.22. Katta hajmda moddiy tashuvchilarni yo‘q qilish zaruratida yoki maxsus yo‘q qilish usullarini qo‘llashda ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday holatda ShMlarni yo‘q qilish bo‘yicha komissiya a’zolari ShM moddiy tashuvchilarini yo‘q qilishda hozir bo‘lishlari kerak. Bunda yo‘q qilish dalolatnomasiga yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan ShM moddiy tashuvchilarini ixtisoslashtirilgan tashkilotga berilishi to‘g‘risidagi yukxatini ilova qilish zarur.
6.23. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK ma’lumotlar bazasida subyektning ShMlari bo‘lgan maydonlar quyidagi holatlarda yo‘q qilinadi:
ishlov berish maqsadlariga erishilganda yoki ularga erishish ehtiyoji yo‘qotilganda;
ShM subyektining ShMlarga ishlov berish roziligi chaqirib olinganda;
ShM subyekti yoki uning qonuniy vakili tomonidan ShM noqonuniy olinganligini yoki ishlov berishning so‘ralgan maqsadlari uchun zarur emasligini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etilganda;
ShM subyekti yoki uning qonuniy vakili murojaat qilganida ShMga noqonuniy ishlov berilganligi aniqlanganda va ShMga qonuniy ishlov berish imkonini ta’minlab bo‘lmaydiganda;
6.24. Yo‘q qilish komissiya tomonidan amalga oshiriladi, uning tarkibiga ma’lumotlar bazasiga egalik qiladigan avtomatlashtirilgan tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar kiradi.
6.25. Yo‘q qilish axborot tashuvchilaridagi (jumladan, zaxira nusxalaridagi) axborotni o‘chirish orqali amalga oshiriladi. Bunda ma’lumotlar bazasiga egalik qiladigan avtomatlashtirilgan tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma tuziladi.
6.26. Agar elektron hujjatlarning arxivlarini va elektron aloqa bayonnomalarini ma’lum muddat davomida yuritish va ularni saqlash tegishli normativ va (yoki) shartnoma hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ular yo‘q qilinmasligi mumkin.
6.27. Ma’lumotlar bazasidagi ShMlarni yo‘q qilishning texnik imkoni yo‘qligida, ma’lumotlar bazasi maydonlarini qayta yozish orqali shaxssizlantirishga yo‘l qo‘yiladi. Qayta yozish keyinchalik ShM subyektini aniqlash imkoni bo‘lmaydigan qilib amalga oshirilishi kerak.
6.28. ShMlarni yo‘q qilish tartibi bajarilayotganligini ShMlarga ishlov berishni tashkillashtirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs nazorat qiladi.
6.29. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK biometrik shaxsiy ma’lumotlarga ishlov bermaydi.
6.30. ShM subyektiga nisbatan yuridik oqibatlarga olib keladigan yoki boshqacha tarzda uning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga dahldor bo‘lgan qaror faqat ShM subyektining yozma shakldagi roziligi mavjudligida uning ShMlariga faqat avtomatlashtirilgan ishlov berilishi asosida qabul qilinishi mumkin.
6.31. Subyektlar ShMlarini noqonuniy foydalanish yoki yo‘qotishdan himoyasini «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK O‘zR qonunchiligida o‘rnatilgan tartibda shaxsiy hisobidan ta’minlaydi.
6.32. ShMlarga ishlov berishda ularning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘riladi.
6.33. Shaxsiy ma’lumotlarga texnik vositalar orqali ishlov berilishida ularni himoya qilish bo‘yicha texnik choralar quyidagilarga muvofiq belgilanadi:
1) 547-sonli O‘RQ;
2) «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XKning axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ichki hujjatlari.
6.34. Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash ularga kirishni cheklashni nazarda tutadi.
6.35. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK direktorining farmoyishi bilan mahalliy normativ hujjatlar tasdiqlangan va bajarishga qabul qilingan: jumladan:
shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish tartibini belgilovchi hujjatlar;
shaxsiy ma’lumotlarning moddiy tashuvchilarini saqlash joyini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruqlar;
shaxsiy ma’lumotlarga ishlov beradigan yoki ularga kirish ruxsati bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar;
subyektning uning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik shakllari;
O‘zR qonunchiligi buzilishini oldini olishga va ularni aniqlashga, bunday qonunbuzarliklarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tartib-taomillarni belgilovchi hujjatlar;
ichki nazoratni amalga oshirish tartibini reglamentlovchi hujjatlar;
shaxsiy ma’lumotlar sohasida qonunchilik buzilishida shaxsiy ma’lumotlarning subyektlariga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni baholashga qaratilgan hujjatlar;
shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni olib borilayotgan xonalarga shaxslarni kiritish tartibi;
shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik borasidagi namunaviy majburiyat;
shaxsiy ma’lumotlar subyektiga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishdan bosh tortishidan kelib chiqadigan yuridik oqibatlarni tushuntirishning namunaviy shakli;
shaxsiy ma’lumotlar axborot tizimlarining ro‘yxati.
6.36. Shaxsiy ma’lumotlar subyektining roziligi mavjudligida «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning to‘liqligini va aniqligini tekshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Xato yoki to‘liq bo‘lmagan shaxsiy ma’lumotlar aniqlanganda, «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK shaxsiy ma’lumotlar subyekti bilan barcha munosabatlarni bekor qilish huquqiga ega.
6.37. «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya qilish maqsadida, ShMlarni noqonuniy kirish va/yoki ruxsat etilmasdan kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxa ko‘chirish, taqdim etish, ShMlarni tarqatishdan hamda ShMlarga nisbatan boshqa noqonuniy harakatlardan, xususan: ShMlarga ishlov berilishini tashkillashtirish uchun mas’ul bo‘lgan va ShMlarning xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni tayinlashdan himoyalash uchun barcha zarur huquqiy va texnik choralarni ko‘radi.

7 bo‘lim. Subyektlarning murojaatlariga va so‘rovlariga ishlov berish tartibi.
7.1. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti yoki uning qonuniy vakili o‘z shaxsiy ma’lumotlariga kirish uchun murojaat qilganida yoki yozma so‘rov yuborganida «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK 547-sonli O‘RQning 18, 19, 21, 22 va 23 moddalariga amal qiladi.
7.2. Shaxsiy ma’lumotlar subyektiga yoki uning qonuniy vakiliga o‘z shaxsiy ma’lumotlariga kirishni «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK faqat «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XKning ShMlarga ishlov berishni tashkillashtirishga mas’ul bo‘lgan shaxsining nazorati ostida taqdim etadi.
7.3. Shaxsiy ma’lumotlar subyektining yoki uning qonuniy vakilining murojaati fuqarolarning (shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining) shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish masalalari bo‘yicha murojaatlarini hisobga olish jurnalida qayd etiladi.
7.4. Shaxsiy ma’lumotlar subyektining yoki uning qonuniy vakilining yozma murojaati fuqarolarning o‘z shaxsiy ma’lumotlariga kirish ruxsatini olish uchun yozma so‘rovlarini ro‘yxatga olish jurnalida qayd etiladi.
7.5. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni tashkillashtirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs subyektga shaxsiy ma’lumotlariga kirish ruxsatini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
7.6. Agar subyekt tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yetarlicha bo‘lmasa yoki shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish boshqa shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini va erkinliklarini buzsa, shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishini tashkillashtirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs shaxsiy ma’lumotlar subyekti yoki uning qonuniy vakili murojaat qilgan kundan boshlab yoki shaxsiy ma’lumotlar subyektidan yoki uning qonuniy vakilidan so‘rov olingan sanadan boshlab o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda, 547-sonli O‘RQning 22-moddasi 4-qismiga yoki rad etish uchun asos bo‘ladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatga havolasi bo‘lgan asoslangan javobni tayyorlaydi.
7.7.kili Shaxsiy ma’lumotlar subyektiga yoki uning qonuniy vakiliga subyektning shaxsiy ma’lumotlariga kirish ruxsatini berish uchun shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishini tashkillashtirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tuzilmaviy bo‘linma rahbari bilan kelishilgan holda subyektning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov beradigan tuzilmaviy bo‘linma xodimini (xodimlarini) jalb qiladi.
7.8. Shaxsiy ma’lumotlar borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK shaxsiy ma’lumotlar subyektiga erishimli shaklda taqdim etadi, va ularda shaxsiy ma’lumotlarning boshqa subyektlariga taalluqli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak. Subyektga yoki uning qonuniy vakiliga ma’lumotlarni taqdim etishni nazorat qilish shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni tashkillashtirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
7.9. So‘rovga javob qaytarishda shaxsiy ma’lumotlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsiy ma’lumotlar subyektidan yoki uning qonuniy vakilidan so‘rov olingan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida taqdim etilishi kerak.

8 bo‘lim. Nazorat qiluvchi organlarning so‘rovlari holatida xatti-harakatlar tartibi.
8.1. 547-sonli O‘RQning 20-moddasi 4-qismiga muvofiq, «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK shaxsiy ma’lumotlarning tegishli bazasini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning har bir o‘zgarishi haqida bunday o‘zgarish yuz bergan kundan boshlab o‘n kalendar kunidan kechikmasdan ShM subyektlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli organga xabar beradi.
8.2. Nazorat qiluvchi organlarning so‘roviga asoslangan javobni tuzish uchun ma’lumotlarni yig‘ishni ShMlarga ishlov berish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs, zarurat bo‘lganda «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK xodimlarini jalb qilgan holda amalga oshiradi.
8.3. Qonunchilik tomonidan belgilangan muddat davomida ShMlarga ishlov berish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs vakolatli organga asoslangan javobni va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlaydi va yuboradi.

9 bo‘lim. Yakuniy qoidalar.
9.1. Ushbu Siyosat «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XKning mahalliy normativ hujjati hisoblanadi.
9.2. Ushbu Siyosat umumerishimli hisoblanadi. Ushbu siyosatning umumerishimliligi «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XKning Saytidagi nashr bilan ta’minlanadi.
9.3. Ushbu Siyosat quyidagi holatlardan har birida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish va himoya qilish sohasidagi o‘zgarishlarida;
vakolatli davlat organlaridan Siyosat amal qiladigan sohaga dahldor bo‘lgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar olinganda;
«Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XKning qarori bo‘yicha;
ShMlarga ishlov berish maqsadlari va muddatlari o‘zgarganda;
tashkiliy tuzilma, axborot va/yoki telekommunikatsiya tizimlari o‘zgarganda (yoki yangilari kiritilganda);
ShMlarga ishlov berish va himoya qilish (jumladan, uzatish, saqlash) yangi texnologiyalari qo‘llanilganda;
ShMlarga ishlov berishning «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK bilan bog‘liq jarayonini o‘zgartirish zarurati paydo bo‘lganda.
9.4. Mazkur Siyosatning qoidalarini bajarmagan holatda «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK va uning xodimlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga binoan javobgar bo‘ladilar.
9.5. Ushbu Siyosat talablari bajarilganligini nazorat qilish «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XKning ShMlarga ishlov berish hamda shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.