"FOYDALI HAFTA" AKSIYASI SHARTLARI

"FOYDALI HAFTA" AKSIYASI SHARTLARI

1. "Magnit Srednyaya Aziya" MChJ XK (keyingi o‘rinlarda - "Tashkilotchi") tomonidan sotiladigan «Sovg’a to’plamlari» mahsuloti (keyingi o‘rinlarda - "aksiya mahsuloti") bo‘yicha va 26.12.2022 y.dan 01.01.2023 y.gacha o‘tkaziladigan aksiya doirasida barcha sovg’a to’plamlariga 20% chegirmaga ega bo‘ling.  Aksiyada ishtirok etayotgan mahsulotlarning to‘liq assortimenti mazkur aksiya shartlarining 8-bandida keltirilgan. Aksiya "M Cosmetic" savdo tarmog'ining barcha do'konlarida (keyingi o'rinlarda - "savdo tarmog'i") o'tkaziladi. Savdo tarmog'i do'konlarining ro'yxati bilan www.mcosmetic.uz saytida va +998 71 203 00 20 telefoni orqali tanishib chiqish mumkin.
2. Aksiya faqat chakana xaridorlarga nisbatan qo'llaniladi va savdo tarmog'ida aksiya mahsulotlari mavjud bo'lganda amal qiladi. 
3. "Foydali hafta" aksiyasining butun davri mobaynida savdo tarmog'ida aksiya mahsulotlarini cheksiz miqdorda xarid qilish mumkin, agar ular savdo tarmog‘ida mavjud bo‘lsa.
4. Aksiyada ishtirok etadigan mahsulotlarning assortimenti savdo tarmog'ining har bir do'konida joylashtirilgan peshtaxtalarda aksiya narxlagichlari (sariq rangda) bilan ajratib chiqilgan. Aksiya o‘tkazish davrida aksiya mahsulotining to‘liq assortimenti doim bo‘lishi kafolatlanmaydi. Aksiya mahsulotining soni cheklangan. Aksiya mahsulotining chegirmasi boshqa turdagi chegirmalar bilan jamlanmaydi. Aksiya mahsuloti reklama tashuvchilardagi tasvirlaridan tashqi ko‘rinishi va texnik xususiyatlari bo‘yicha farq qilishi mumkin.
5. Aksiya tashkilotchisi sabablarni tushuntirmasdan ushbu qoidalarda bayon etilgan aksiya shartlarini bir tomonlama tartibda o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi, bunday o'zgarishlar kuchga kirgunga qadar aksiya o'tkazish qoidalarining o'zgarishi to'g'risidagi ma'lumotlarni rasmiy www.mcosmetic.uz saytida nashr qilish orqali xaridorlarni 2 kalendar kuni ichida xabardor qiladi.  
6. Aksiya mahsulotlarini almashtirish/qaytarish O'zR qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Xarid qilish paytida maxsus xarid shartlari ishlatilgan aksiya mahsuloti qaytarilgan holatda, aksiya mahsuloti uchun amalda to'langan pul miqdori qaytarib beriladi. Aksiya mahsuloti qaytarilganda chegirmaning pul miqdori to'lanmaydi.
7. Tashkilotchi: «Magnit Srednyaya Aziya» MChJ XK. Joylashgan manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 88A, STIR: 309167892.
8. 26.12.2022 y.dan 01.01.2023 y.gacha "Foydali hafta" aksiyasida ishtirok etadigan tovarlar assortimenti: