"Royal Küchen pichoqlari va oshxona jihozlari" AKSIYASI SHARTLARI

  1. "Magnit Srednyaya Aziya" MChJ XK tomonidan tashkil etilgan aksiyasi doirasida (bundan keyin – «Tashkilotchi») «Royal Küchen» savdo belgisi ostida pichoqlar va oshxona jihozlari, (bundan keyin –«reklama mahsulotlari» deb yuritiladi). 01.07.2022 yil dan 31.10.2022 yilgacha bo’lgan davrda kerakli miqdordagi to'plangan «M Cosmetic» qog'oz stikerlarini reklama mahsulotlarini xarid qilish uchun 77% gacha chegirmaga almashtiring. «M Cosmetic» tarmog'ida 30 000 so'mlik xarid uchun bitta stiker beriladi. 31.07.2022 dan boshlab www.mcosmetic.uz sayti va +998 71 203 00 20 call markazi orqali aksiya boʻlib oʻtayotgan doʻkonlar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin.
  2. Aksiya faqat chakana mijozlar uchun amal qiladi va agar reklama mahsulotlari «M Cosmetic» chakana savdo tarmog‘ida mavjud bo‘lsa, amal qiladi.
  3. Stikerlarning zaruriy miqdorini to‘plang va ularni bukletga yopishtiring. Stikerlarni bitta bukletga to‘plash mumkin. Aksiyaning maqsadi bo‘lib aksiya tovarlariga chegirmalarni taqdim etish hisoblanadi. Stikerlarning zaruriy miqdoriga ega bo‘lgan bukletning mavjudligi xaridorning murojaat qilish paytida «M Cosmetic» chakana savdo tarmog'ida mavjud bo'lgan aksiya tovarlarini xarid qilishda chegirmaga huquqni qo‘lga kiritish uchun asos hisoblanadi. Chegirmalar faollashtirilgan M Cosmetic kartasi bilan amal qiladi. M Cosmetic kartasini olish toʻliq shartlari bilan lk.mcosmetic.uz shaxsiy kabinetida, +998 71 203 00 20 call markaziga qoʻngʻiroq qilib, va M Cosmetic mobil ilovasida tanishishingiz mumkin.
  4. Stikerlar bukletning maxsus maydoniga yopishtirilgan bo‘lishi kerak. Agar to‘ldirilgan bukletlar bo‘yicha stikerlar miqdori aksiya tovarlarini xarid qilish uchun yetarli bo‘lsa, ular qabul qilinadi. Faqat bukletning maxsus maydoniga yopishtirilgan individual raqamlarga ega bo‘lgan asliyatdagi stikerlar qabul qilinadi. Shikastlangan, ko‘rinishi o‘zgartirilgan, kseroksdan nusxa olingan stikerlarga ega bo‘lgan bukletlar qabul qilinmaydi.
  5. Aksiya mahsulotining bir birligini chegirma bilan xarid qilish bukletga yopishtirilgan stikerlarning muvofiq to‘liq miqdori to‘planishidan imkoni mavjuddir.
  6. To‘plangan stikerlar miqdoriga bog‘liq holda aksiya bo‘yicha chegirmani olish uchun "Royal Küchen pichoqlari va oshxona jihozlari" to‘plamidan manzur bo‘lgan tovarni tanlash va uni stikerlarning zaruriy miqdori bilan to‘ldirilgan buklet bilan birgalikda kassirga taqdim etish zarur. Chegirma bilan tovarni xarid qilishda stikerlarga ega bo‘lgan buklet xaridorga qaytarib berilmasdan kassir tomonidan olib qo‘yiladi. Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish uchun yangi bukletni kassadan yoki aksiya ustunidan olish zarur.
  7. Aksiyaning butun davri davomida tovarlarning do‘konda mavjud bo‘lishida ularning cheklanmagan sonini xarid qilish mumkin.
  8. Pullik kompensatsiyaning tovarga chegirma o‘rniga berilishi amalga oshirilmaydi.
  9. Aksiya o‘tkazilish davrida aksiya tovarlarning to‘liq assortimentini, hamda maxsus taklif doirasida aksiya tovarlarining doimiy mavjudligi kafolat etilmaydi. Aksiya tovarlarining miqdori cheklangan, shu munosabat bilan stikerlar miqdori bilan chegirmani olish uchun zarur bo‘lgan aksiya bo‘yicha bukletning mavjudligi aksiya tovarining xarid qilinishi kafolati hisoblanmaydi. Tovar reklamadagi tasvirdan o‘zining tashqi ko‘rinishi va texnik xarakteristikalari bo‘yicha farq qilishi mumkin.
  10. Aksiya tashkilotchisi www.mcosmetic.uz saytida aksiya o‘tkazilish qoidalarini o‘zgartirilishi haqidagi ma’lumotni joylashtirish yo‘li bilan bunday o‘zgarishlar kuchga kirish paytigacha 2 kun oldin bu haqda xaridorlarni xabardor qilib, mazkur qoidalarda tavsiflangan aksiyaning har qanday shartlarini tushuntirish bermasdan bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqini o‘zida qoldiradi.
  11. Aksiya tovarining almashtirilishi/qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan amalga oshiriladi. Xarid qilishda sotib olishning maxsus shartlari qo‘llanilgan tovarning qaytarilishi holatida tovar uchun haqiqatda to‘langan pul mablag‘larining qiymati qaytariladi. Aksiya tovariga almashtirish orqali berib yuborilgan buklet qaytarib berilmaydi.
  12. «M Cosmetic» do‘konlarida xaridlarni amalga oshirayotganda, chekning umumiy miqdorida 50 000 (ellik ming) so‘m miqdorida har bir xarid uchun kassirdan 1 dona stiker oling. Chekning umumiy miqdori taqdim etilgan chegirmalar va maxsus takliflar summalari chegirib tashlanganidan keyin hisoblanadi. Har bir xarid miqdori 50 000 (ellik ming) so'mgacha yaxlitlanmaydi. Kassada olingan stikerlarni har qanday mumkin bo'lgan usullar bilan uchinchi shaxslarga sotish taqiqlanadi. Stikerlarni chiqarish va ushbu aksiya chegirmalarini taqdim etish 01.07.2022 dan boshlab amalga oshiriladi. 31.10.2022 yilgacha chakana savdo do'konining belgilangan ish soatlarida. Agar aksiya tugasa, foydalanilmagan qog'oz stikerlar bekor qilinadi. Stikerlarni olib va ularni bukletga yopishtirib, siz aksiyaning barcha shartlarini o‘qib chiqqaningiz va ularga rozi ekanligingizni bildiradi. Aksiya shartlarini qisman qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksiyada ishtirok etish xaridor kassada birinchi stikerni olgan paytdan boshlanadi, reklama mahsulotlar qaytarilganda chegirmaning pul miqdori to'lanmaydi.
  13. Tashkilotchi: "Magnit Srednyaya Aziya" MChJ XK. Joylashish joyi: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi 88A, STIR 309167892, MFO 00824