1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu ommaviy oferta (bundan keyin - "Oferta") M COSMETIC chakana savdo tarmog‘ida o‘tkaziladigan "The Act bilan 1 000 000 so‘m yutib oling" promo-aksiyasini (bundan keyin - "Aksiya") tartibga soladi. Aksiyaning maqsadi iste’molchilar e’tiborini jalb etish, sotuvni rag‘batlantirish va The Act savdo belgisi ostidagi mahsulotlarning ijobiy obro‘sini shakllantirishdan iborat.1.2. Kompaniya Aksiyani tashkil etish va o‘tkazish uchun shartnoma asosida professional tashkilotchi sifatida uchinchi shaxs (yoki shaxslar)ni (bundan keyin "Tashkilotchi" deb yuritiladi) jalb qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda Kompaniya, uchinchi shaxslarni jalb qilishidan qat’i nazar, Aksiyani o‘tkazish va ishtirokchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul shaxs bo‘lib qolaveradi.1.3. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Aksiyada ishtirok etayotgan iste’molchilarni moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) tartibi va shartlarini belgilaydi.1.4. Moddiy rag‘batlantirish (mukofot) deganda ushbu Qoidalarda belgilangan sovrinlarni topshirish tushuniladi.1.5. . Aksiya o‘yin, garov yoki lotereya hisoblanmaydi, tavakkal qilish unsurlarini o‘z ichiga olmaydi, foyda yoki boshqa daromad olishni maqsad qilmaydi hamda ushbu Qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.1.6. Aksiya faqat O‘zbekiston Respublikasi hududidagi M COSMETIC tarmog‘ining savdo shoxobchalari joylashgan joylarda o‘tkaziladi. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriydir.2. AKSIYA TASHKILOTCHILARI HAQIDA MA’LUMOT
2.1. Aksiya tashkilotchisi: "SFERA VOSTOK" MCHJ XK, STIR 309167892, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi 88A.3. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATI
3.1. Aksiya o‘tkazilish muddati: 2025-yil 17-sentyabrdan 31-oktyabrgacha (shu kun ham kiradi).3.2. Xaridlarni amalga oshirish (yutuqli o‘yinga tushish) muddati: 17-sentyabr soat 00:00 dan 31-oktyabr soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bo‘yicha).3.3. G‘oliblarni aniqlash muddati: 2025-yil 10-noyabrdan kechiktirmasdan.3.4. Sovrinlarni topshirish muddati: 2025-yil 25-noyabrgacha (shu kun ham kiradi).3.5. Barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABARDOR QILISH TARTIBI
4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududidagi M COSMETIC do‘konlar tarmog‘ida o‘tkaziladi.4.2. Ishtirokchilarni ishtirok etish shartlari va tartibi haqida xabardor qilish:4.2.1. Texnik hamkorning www.mcosmetic.uz rasmiy veb-sahifasida (bundan keyin - "Sayt" deb yuritiladi);4.2.2. Operator/Tashkilotchi/Buyurtmachi tomonidan tanlangan boshqa usullar orqali.4.3. Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi Aksiya shartlarini o‘zgartirish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega. Yangilangan ma’lumotlar o‘zgarishlar tasdiqlangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida veb-saytga joylashtiriladi. Bunda, Aksiya shartlarining o‘zgarishi ishtirok etish shartlarini allaqachon bajargan ishtirokchilarning holatini yomonlashtirmasligi lozim. Aksiya muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda, to‘xtatish sanasigacha shartlarni bajargan ishtirokchilarga nisbatan sovrinlarni topshirish majburiyatlari saqlanib qoladi.4.4. Buyurtmachi, Tashkilotchi, Operator va Texnik hamkor, Qoidalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, ishtirokchilar bilan yozishmalar va boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqiga ega.4.5. Tashkilotchi ("SFERA VOSTOK" MCHJ XKdan tashqari) va Buyurtmachi Aksiyaning o‘tkazilishi va natijalari uchun mas’uldirlar.4.6. "SFERA VOSTOK" MCHJ XK va M COSMETIC tarmog‘i do‘konlari Aksiya bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilmaydi va uning o‘tkazilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olmaydi.5. AKSIYALI MAHSULOT
5.1. Aksiya xarid paytida M COSMETIC do‘konlarida mavjud bo‘lgan The Act savdo belgisi ostidagi mahsulotlar assortimentiga (bundan keyin "Aksiyali mahsulot" deb ataladi) taalluqlidir.5.2. Ishtirokchi Aksiyali mahsulotni ushbu Qoidalarning 3.2-bandida belgilangan muddat ichida, 4.1-bandga muvofiq M COSMETIC do‘konlaridan sotib olishi shart.6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
6.1. M COSMETIC Sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va amaldagi/faol sodiqlik jamg‘arma kartasi (jismoniy yoki virtual) egasi bo‘lgan, 8-bo‘limga muvofiq xarid qilgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari (shu jumladan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar) ishtirok etishlari mumkin.6.2. Quyidagilar ishtirok etishga ruxsat etilmaydi:• Buyurtmachi/Tashkilotchi/Operator/Texnik hamkorning xodimlari;• yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar bilan aloqador bo‘lgan shaxslar;• Aksiyani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq uchinchi tomonlarning xodimlari hamda vakillari;• ularning yaqin qarindoshlari;• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari.6.3. Qoidalarga nomuvofiqlik aniqlanganda, Tashkilotchi va (yoki) Operator ishtirok etishni yoki sovrinni olishni rad etish huquqiga ega.6.4. Ishtirokchi mcosmetic.uz saytidagi Qoidalar bilan mustaqil ravishda tanishib chiqishi va ularga rioya qilishi shart.6.5. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi Qoidalarga roziligini tasdiqlaydi hamda shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga va foto/video materiallardan 12-bo‘limda ko‘rsatilgan hajmda reklama maqsadlarida foydalanishga rozilik beradi.7. SOVRIN FONDI
7.1. Sovrin jamg‘armasi Buyurtmachi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.7.2. Aksiya sovrinlari:– M COSMETIC tarmog‘ida xarid qilish uchun har biri 1 000 000 (bir million) so‘mlik 50 (ellik) ta sovg‘a sertifikati.7.3. Buyurtmachi mukofot jamg‘armasini (miqdori, nominal qiymati yoki turini) o‘zgartirishga haqli, bunda almashtirish qiymati jihatidan teng bo‘lgan mukofotlarga amalga oshiriladi.7.4. Sovrinlarning tashqi ko‘rinishi va xususiyatlari reklama materiallaridagi tasvirlardan farqlanishi mumkin. Sertifikatlar asosida beriladigan tovarlarning sifati uchun ularning sotuvchisi yoki yetkazib beruvchisi javobgar hisoblanadi.7.5. Bir ishtirokchi Aksiyaning butun davri mobaynida faqat 1 (bitta) sovrin olishi mumkin.8. ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI
3-bo‘limda ko‘rsatilgan muddatda ishtirok etish uchun quyidagilar talab etiladi:8.1. Bitta fiskal chekda 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘mdan yuqori summaga xarid qilish, bunda chekda The Act brendining kamida bitta (1) mahsuloti bo‘lishi shart. Xarid paytida M COSMETIC sodiqlik kartasi (jismoniy yoki virtual) albatta qo‘llanilishi lozim.8.2. Ishtirokchi cheklar soni cheklanmagan.8.3. 8.1-bandga muvofiq keladigan 1 (bir) ta fiskal chek = yutuqli o‘yinda 1 (bir) marta ishtirok etish (1 ta imkoniyat) hisoblanadi.8.4. Sodiqlik kartasidan foydalanib xarid qilingandan so‘ng, ishtirokchiga M COSMETIC ilovasida va/yoki boshqa kanallar orqali ishtirokni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida xabarnoma yuborilishi mumkin (bunday texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa). Ushbu xabarnoma faqat ma’lumot berish maqsadida yuboriladi.8.5. Agar chek 8.1-band shartlariga mos kelmasa (summasi 150 000 so‘mdan kam va/yoki The Act mahsuloti bo‘lmasa va/yoki sodiqlik kartasi ishlatilmagan bo‘lsa), bunday chek yutuqli o‘yinda qatnashmaydi.8.7. Yutuq chiqqan holda, g‘olib cheki bekor qilinadi; keyingi ishtirok etish uchun 8.1-bandga muvofiq yangi xarid qilish zarur bo‘ladi.9. G‘OLIBLARNI ANIQLASH
9.1. Aksiya davomida barcha to‘g‘ri topshirilgan arizalar orasida 1 (bir) marta yutuqli o‘yin o‘tkaziladi.9.2. G‘oliblar tasodifiy tarzda (tasodifiy raqamlar generatori yordamida) [Instagram @mcosmetic_uz sahifasining jonli efirida / Tashkilotchining tadbirida / Tashkilotchining qaroriga ko‘ra boshqa usulda] aniqlanadi va natijalar rasmiy manbalarda e’lon qilinadi.9.3. Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar soni yetarli bo‘lmagan taqdirda, Tashkilotchi yutuqli o‘yinni va (yoki) sovrinlar taqsimotini keyingi muddatga ko‘chirish huquqiga ega, bu haqda Saytda ma’lum qiladi.9.4. Asosiy g‘oliblar, shuningdek, ular bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagan yoki ular talablarga javob bermagan hollarda o‘rnini bosuvchi zaxira (muqobil) g‘oliblar aniqlanadi. Zaxira g‘oliblar ro‘yxatining tarkibi oshkor qilinmaydi.9.5. Har bir g‘olib sodiqlik kartasiga bog‘langan raqamga telefon qo‘ng‘irog‘i, SMS yoki ilovadagi xabar orqali xabardor etiladi. Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli (jumladan, noto‘g‘ri ko‘rsatilgan raqam, aloqa operatorining texnik nosozliklari yoki boshqa holatlar) xabarnomani olmaslik xavfi ishtirokchining zimmasida qoladi.9.6. G‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Operator ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida ular bilan bog‘lanadi. G‘olib bilan xabardor qilishning birinchi urinishidan (telefon qo‘ng‘irog‘i, SMS yoki ilovadagi xabar) so‘ng 72 (yetmish ikki) soat davomida aloqa o‘rnatilmasa, sovrin navbatdagi zaxira g‘olibga o‘tkaziladi.9.7. Sodiqlik kartasiga biriktirilgan telefon raqami Aksiya davomida ishtirokchi tomonidan o‘zgartirilmasdan saqlanishi shart; raqamni o‘zgartirish yoki boshqaga berish mukofot olish huquqidan mahrum etadi.9.8. Bir ishtirokchi bir nechta ariza topshirishi mumkin, ammo faqat bir marta g‘olib bo‘la oladi (7.5-bandga qarang).10. SOVRINLARNI QABUL QILISH SHARTLARI/ TARTIBI
10.1. Sovrinni olish uchun g‘olib, xabarnoma olingan paytdan boshlab 5 (besh) kalendar kundan kechiktirmay (9.6-bandga qarang) quyidagilarni taqdim etishi lozim:10.1.1. F.I.O.;10.1.2. Haqiqiy yashash manzili;10.1.3. Amaldagi pasportning JShShIR ko‘rsatilgan betlarining fotosurati yoki skan nusxasi;10.1.4. Chet el fuqarolari uchun - yashash guvohnomasi va JSHSHIR ma’lumotlari (mavjud bo‘lsa);10.1.5. Shaxsiy ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashga imzolangan rozilik (asl nusxasi kuryerlik xizmati orqali yoki Tashkilotchining manziliga shaxsan topshiriladi).10.2. Shartlarni bajarmaydigan g‘olib sovrin olish huquqidan mahrum bo‘ladi; Buyurtmachi sovrinni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etadi.10.3. Sovrinlar Tashkilotchi/Operator manziliga beriladi yoki Tashkilotchining qaroriga ko‘ra kuryerlik xizmati orqali yetkaziladi. Yo‘l kira yoki yetkazib berish xarajatlari qoplanmaydi.10.4. Sovrinni olish huquqi uchinchi shaxslarga o‘tkazilishi mumkin emas, sovrinni almashtirish yoki pul bilan qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi.10.5. Mukofotlarni topshirish majburiyatlari mukofot kuryerlik xizmatiga topshirilgan yoki topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.10.6. Tashkilotchi yoki Buyurtmachiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, [sana]gacha sovrinni yuborish yoki olish imkoni bo‘lmasa, sovrin talab qilinmagan deb hisoblanadi va Buyurtmachi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi.10.7. Sovrinlar soni 7.2-bandda ko‘rsatilganidek cheklangan.10.8. Soliq solish: agar qo‘llanilsa, Tashkilotchi soliq agenti vazifasini bajaradi. Agar aksiya 30 kundan ortiq davom etadigan ommaviy taklif asosida o‘tkazilsa, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismi 14-bandiga ko‘ra (qonun talablariga rioya etilgan holda) soliqdan ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. G‘olib tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan boshqa to‘lovlar, yig‘imlar va komissiyalar g‘olibning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.11. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH
11.1. Tashkilotchi/Buyurtmachi quyidagilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi:– ishtirokchilarning ishtirok etish/sovrinlarni olish majburiyatlarini bajarmaganligi;– ishtirokchilarning Qoidalar va natijalar bilan tanishmaganligi;– texnik sabablar tufayli xatlar, qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlarning yetib bormaganligi;– hujjatlarning taqdim etilmasligi yoki kechiktirib taqdim etilishi;– ishtirokchilar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilganligi;– aloqa yoki Internet tarmog‘idagi texnik nosozliklar, provayderlardagi ta’mirlash ishlari;– ishtirokchilarning ishtirok etish yoki sovrinlarni olish bilan bog‘liq har qanday xarajatlari yoki ko‘rgan zararlari;– yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari.11.2. Ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni ishtirokchilarning o‘zlari qoplaydilar.11.3. Operator/Tashkilotchi/Buyurtmachi sovrinlarga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi nizolar uchun javobgar emas; yakuniy qarorni Buyurtmachi qabul qiladi.11.4. Telefon raqami, elektron pochta manzili, sodiqlik kartasi va shu kabilarning tegishliligi haqidagi nizolarni tomonlar mustaqil ravishda hal etadilar.12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR
12.1. Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va ushbu Qoidalarda belgilangan hajmda shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish (shu jumladan transchegaraviy), foydalanish va saqlashga o‘z roziligini beradi. Ma’lumotlar ruxsatsiz kirishdan himoyalanadi.12.2. Ishtirokchining oldindan yozma roziligi bilan uning tasviri/intervyusi/kontaktlaridan Buyurtmachi/Tashkilotchi/Texnik hamkorning reklama maqsadlarida haq to‘lamasdan foydalanishga ruxsat etiladi.12.3. Ishtirokchi SMS/elektron pochta/push-xabarlarni qabul qilishi mumkin; [support@...] manziliga xabar yuborish orqali bunday xabarlarni olishdan voz kechish huquqiga ega.12.4. Ma’lumotlarga ishlov berish avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ishtirokchi o‘z roziligini qaytarib olish huquqiga ega; bunday holda aksiyada qatnashish va sovrinlarni qo‘lga kiritish imkonsiz bo‘ladi.12.5. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash muddati - aksiya davri va qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan muddatlar davomida; shundan so‘ng ma’lumotlar Tashkilotchi/Buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.13. BOSHQA SHARTLAR
13.1. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi Qoidalarga to‘liq va so‘zsiz roziligini bildiradi.13.2. Tashkilotchi ma’lumotlarni soxtalashtirish, firibgarlik yoki Qoidalarni buzish belgilari aniqlansa, ishtirokchining harakatlarini haqiqiy emas deb topishga va sovrinni berishni rad etishga haqlidir.13.3. Ishtirokchi bilan bog‘liq materiallarni e’lon qilishdan oldin Tashkilotchi/Buyurtmachi/Texnik hamkor ularni qo‘shimcha kelishuvga ehtiyoj sezmasdan tahrirlash huquqiga ega (agar bu materialning mohiyatini o‘zgartirmasa).13.4. Qoidalar bilan tartibga solinmagan bahsli masalalar Buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi; barcha e’tirozlarni Buyurtmachi qabul qiladi.13.5. Aksiyada sodiqlik kartasidan bonuslar, sovg‘a kartalari bilan to‘langan xaridlar, shuningdek bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshirilgan xaridlar (Zoodpay va boshqalar) ishtirok etmaydi - zarurat tug‘ilganda ushbu shart saqlab qolinishi mumkin.13.6. Qoidalarda ko‘zda tutilmagan barcha holatlarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ish yuritadilar.