3.5. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, Aksiyada cheklanmagan marta ishtirok etish mumkin.
3.6. Aksiyada ishtirok etish uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi.
3.7. Ishtirokchiga nisbatan talablarga javob beradigan shaxs aksiyada qatnashish haqida va Oferta (Shartnoma) shartlarini akseptlash (qabul qilish) haqida qarorni mustaqil ravishda va o‘z manfaatida qabul qiladi.
3.8. Mazkur Ofertadagi (Shartnomadagi) hech narsa Aksiya Ishtirokchilarini sovrinni olish sharti sifatida ko‘rsatilgan amallarni bajarishga majbur etish sifatida talqin qilinmasligi lozim.
3.9. Aksiya Ishtirokchisi istalgan paytda Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortishga, shu jumladan mazkur Ofertada ko‘zda tutilgan harakatlarni (shartlarni) bajarishni to‘xtatishga haqlidir.
3.10. Aksiya Ishtirokchilari sovrinni olish uchun mazkur Ofertada bayon qilingan shartlarni bajarish orqali unda qatnashar ekanlar, mazkur Ofertada ko‘zda tutilgan barcha amallarni (shartlarni) bajarish sharti bilangina Ishtirokchi sovrinni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligini tushunadilar. Ishtirokchi hatto Aksiyaning barcha shartlari bajarilgan taqdirda ham, Kompaniya tomonidan hech bir ishtirokchiga hech qanaqa kafolatlangan sovg‘a berilmasligini to‘liq anglaydi.
3.11. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi.
3.12. Kompaniya quyidagi holatlarda g‘olibga sovrinni bermaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi:
3.12.1. Agar Ishtirokchi foyda ko‘rish maqsadida bilib turib yolg‘on axborot/hujjat taqdim etganligi aniqlansa.
3.12.2. Kompaniya xodimlariga yoki sheriklariga, yoxud Aksiyani tashkillashtirishga yoki tashkiliy-texnikaviy ta’minotini amalga oshirishga bevosita jalb etilgan har qanday boshqa shaxsga, shuningdek, ularning oilalari a’zolariga Aksiyada qatnashishga ruxsat etilmaydi.
3.12.3. G‘olibning sovrinni topshirish uchun hozir bo‘lmasligi (batafsil Ofertaning 5.12-bandida).
4. SOVRIN JAMG‘ARMASI
4.1. Aksiyani o‘tkazish uchun sovrin jamg‘armasi faqat Kompaniyaning shaxsiy pul mablag‘laridan shakllantiriladi.
4.2. Kompaniya Aksiya qimmatbaho yutuqli sertifikatlar sonini oshirish yoki Aksiyaga mazkur Ofertada ko‘zda tutilmagan boshqa qimmatbaho sovg‘alarni qo‘shimcha ravishda kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5. AKSIYA G‘OLIBINI ANIQLASH VA SOVRINNI TOPSHIRISH SHARTLARI5.1. Mukofot sertifikatlari o‘ynash sanasi 2023-yil 01-dekabr kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida
https://instagram.com/mcosmetic_uz?igshid=YmMyMTA2M2Y= “Instagram” onlayn ko‘rsatuvida. O‘yinni o‘tkazish boshlanishi vaqti: 2023 yil 01-noyabrda Toshkent vaqti bo‘yicha 16:00 da.
5.2. Aksiya G‘olibi:
https://lizaonair.com/random/https://youtogift.com/ru/createoneclick/givehttps://randstuff.ru/number/ saytlaridan birida tasodifiy
sonlarni hosil qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Son deganda chek raqami tushuniladi.
5.3. G‘olib telefon qo‘ng‘irog‘i orqali, g‘olib e’lon qilinganidan so‘ng uch ish kuni davomida xabardor qilinadi.
5.4. Ishtirokchini g‘alaba haqida xabardor qilish Ishtirokchining Telegram botida ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan raqamga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshiriladi. G‘olib telefon qo‘ng‘irog‘iga javob bermagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra u bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagan taqdirda, Kompaniya keyingi uch kun davomida yana uch (3) marta telefondan qo‘ng‘iroq qilish orqali G‘olib bilan bog‘lanishga urinish majburiyatini oladi.
5.5. Sovrin uchun sertifikatni topshirish kompaniyaning Amir Temur shoh ko‘chasi 88 A manzilidagi ofisida berish yo‘li bilan amalga oshiriladi
5.6. Agar Kompaniya Ofertaning 5.4-bandida ko‘zda tutilgan shartlarga rioya qilgan holda G’olib bilan bog‘lana olmasa, ushbu G‘olib raqami Kompaniya tomonidan bekor qilinadi. Kompaniya yangi g‘olibni aniqlash maqsadida sovrinni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.7. G‘olib shaxsan hozir bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, u uchinchi shaxsga sovrinni olish huquqini beradigan, notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma bilan o‘z vakilini jo‘natish huquqiga ega.
5.8. Ishonchnoma O‘zR amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
5.9. Sovrinni rasmiylashtirayotganda/qabul qilayotganda, G‘olib barcha zarur hujjatlarni (sovrinni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoniga aloqador bo‘lgan) imzolash majburiyatini oladi, bu hujjatlarda Ishtirokchining shaxsiga doir ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
5.10. Aksiya G‘olibining sovrinni olishda kerakli hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortishi, shu jumladan talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning sovrinni olishni rad etishi sifatida baholanadi.
5.11. G‘olib tomonidan sovrinni olish tartibida ko‘zda tutilgan hamma talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, Kompaniya G‘olibga sovrinni berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.12. Sovrinini berish o‘yin o‘tkazilganidan so‘ng 7 (yetti) ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Sovrinni berish muddati Ishtirokchi uning yutug‘i haqida xabardor qilingan kundan boshlanadi. Sovrinni berish muddati ichida G‘olib yutuqni rasmiylashtirish uchun Kompaniya ofisiga kelishi zarur. G‘olibning ko‘rsatilgan muddatda hozir bo‘lmaganligi sovrin qaytadan o‘ynalishi uchun asos bo‘ladi.
6. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH SIYOSATI
6.1. Aksiya doirasida sovrinni olish uchun Ishtirokchi Kompaniyaga mazkur Oferta bilan belgilangan axborotni (shu jumladan o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini) O‘zR amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda taqdim etishi lozim.
6.2. Mazkur Ofertada tilga olingan shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash Kompaniyaga sovrinni G‘olibga topshirishni tezroq rasmiylashtirish imkonini beradi.
6.3. Aksiyada qatnashayotib, har bir Ishtirokchi bu bilan Kompaniya taqdim etilgan axborotdan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing va/yoki boshqa har qanday reklama faoliyati maqsadlarida foydalanishiga, xususan, uning ismi, familiyasi va fotosuratidan, intervyusi yoki u haqidagi boshqa materiallardan tekinga foydalanishiga, shu jumladan sovrin olinganida, OAVda, har qanday bosma, audio- va videomateriallarda, OAV bilan intervyuda e’lon qilish (ismini va fotosuratini), shuningdek, axborot, xabarlar (shu jumladan reklama xususiyatidagi) va h.k. jo’natish uchun, hudud, vaqt va foydalanish usuli bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz tekin foydalanishiga o‘z roziligini tasdiqlaydi hamda bunday foydalanish o‘rni Kompaniya tomonidan hech qanday tarzda to‘ldirilmaydi.
6.4. Kompaniya ma’lumotlarni to‘plash va qo‘lga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligining shaxsga doir axborotning daxlsizligiga, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishga taalluqli barcha qoidalariga rioya qilishini kafolatlaydi. Axborot boshqa shaxslarga faqat O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan asoslarda va tartibda taqdim etilishi mumkin.
6.5. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan axborot Kompaniya tomonidan faqat Aksiyani o‘tkazish maqsadlarida foydalaniladi. Boshqa barcha holatlarda Kompaniyaning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish siyosati qo‘llanadi.
6.6. Ishtirokchi Ofertani Akseptlab, o‘zining shaxsiga doir ma’lumotlarini to‘plash ishtirok etish uchun zarur bo‘lsa, ulardan foydalanishga ruxsat beradi.
6.7. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berishga haqli emas. Ishtirokchi + 99871 203 00 20 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib va o‘zining Aksiyada ishtirok etmasligini tasdiqlab, istalgan paytda Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.
6.8. Kompaniya faqat sovrinni olish uchun va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq reklama maqsadlarida foydalanish uchun zarur sanaladigan shaxsiy ma’lumotlarni qabul qiladi yoki so‘rab oladi. Foydalanuvchilarning shaxsiy axborotiga Kompaniyaning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish siyosati taalluqli bo‘ladi. Ishtirokchi Aksiyada qatnashib, axborotning shu xilda uzatilishiga rozi bo‘ladi va shaxsiy ma’lumotlari Aksiyani o‘tkazish maqsadida Kompaniyaga topshiriladigan har qanday shaxslardan tegishli rozilik olish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
7. YAKUNIY QOIDALAR7.1. Kompaniya Aksiya g‘olibini belgilashda xolislik, halollik, betaraflik va beg‘arazlikni ta’minlaydi.
7.2. Aksiya qoidalari yuzasidan axborot berish mazkur ommaviy Ofertani Kompaniya saytida joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
7.3. Aksiyani o‘tkazish qoidalari Kompaniya tomonidan Aksiya o‘tkaziladigan butun muddat davomida o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin. Ofertani o‘zgartirish va/yoki unga qo‘shimchalar kiritish ular Kompaniya tomonidan tasdiqlangan va Kompaniya saytida e’lon qilingan taqdirda mumkin bo‘ladi.
7.4. Kompaniya Ishtirokchi pochta yoki elektron jo‘natmalarni qabul qilmaganiga sabab bo‘lgan, shuningdek, ular kechikib kelishi, yo‘qolishi yoki ishdan chiqishiga olib kelgan internet-provayderlar, aloqa operatorlari ishi uchun, pochta, kuryerlik, bank yoki boshqa xizmatlarning har qanday xatolari uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.7. Sovrinini faqat Ishtirokchi bo‘lgan shaxslarga yoki ular tomonidan tegishli tarzda vakolat berilgan shaxslarga topshirishga ruxsat beriladi. Qimmatbaho sovg‘a til biriktirish mavzusi yoki to‘lov vositasi bo‘ladigan har qanday harakatga, operatsiyaga, kelishuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.8. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligining va mazkur Ofertaning qoidalarini hisobga olgan holda, shaxs Aksiyada qatnashish huquqini beruvchi hujjatlarni qalbakilashtirganligi yoki qalbakilashtirish natijasida foyda ko‘rganligi aniqlansa, yoxud u mazkur Aksiyani o‘tkazishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday shaxsni ranjitish, haqoratlash, tahdid qilish yoki ovora qilish niyatida noto‘g‘ri xatti-harakatlarni amalga oshirib, mazkur Ommaviy ofertaga zid harakat qilayotgan, shuningdek, O‘zR amaldagi qonunchiligi talablarini boshqa yo‘l bilan buzayotgan bo‘lsa, ushbu shaxsning qatnashish uchun bergan barcha talabnomalari haqiqiy emas deb tan olinadi hamda unga mazkur Aksiyada bundan buyon ishtirok etish taqiqlanadi.
7.9. Kompaniya Aksiyada firibgarlikka to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha texnik cheklovlarni istalgan vaqtda kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Birorta Ishtirokchining insofsizlarcha ish tutishga har qanday urinishi aniqlangan taqdirda, uning yutug‘i qonuniy kuchga ega emas deb topiladi, Ishtirokchining o‘zi esa bundan buyon Aksiyada qatnashishdan chetlashtiriladi.
7.10. Tabiiy ofatlar, yong‘in, toshqin, har qanday xususiyatdagi harbiy harakatlar, qamal, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari, Aksiya o‘tkaziladigan hududda amal qiluvchi qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar kabi fors-major vaziyatlar, Kompaniya nazorati ostida bo‘lmagan boshqa holatlar yuz berganda, Kompaniya O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda javobgar bo‘lmaydi.
7.11. Mazkur Ofertada ko‘zda tutilmagan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda tartibga solinadi.
7.12. Tomonlarning javobgarlik darajasi hamda nizolarni hal qilish tartibi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq ravishda belgilanadi.
7.13. Mazkur Ofertaning amal qilish muddati – Aksiyaning amalda bo‘lish muddati va u bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarish yakunlanguncha.