Toshkent sh.
2023-yil “17”-noyabr
- “MAGIC COSMETIC” reklama aksiyasi (keyingi o'rinlarda “Aksiya” deb yuritiladi) qiziqishni uyg’otish va saqlab qolish, M Cosmetic chakana savdo tarmog’ining ijobiy imidjini shakllantirish, shuningdek sotish hajmini oshirish maqsadida mijozlar va reklama aksiyasida ishtirok etuvchilar orasida o’tkaziladi. Aksiya lotereya, qimor emas, Ishtirokchilardan ishtirok etish uchun haq to’lashni talab qilmaydi.
2. AKSIYA TASHKILOTCHISI HAQIDA MA`LUMOTLAR
2.1. Aksiya Tashkilotchisi (keyingi o’rinlarda – “Tashkilotchi”): “Magnit Srednyaya Aziya” MChJ XK, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR: 309 167 892, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko’chasi, 88A manzilida joylashgan, pochta indeksi: 100084.
3. AKSIYA O’TKAZILISH MUDDATI
3.1. Aksiya o’tkazilish muddati: 2023-yil 20-noyabrdan 2024-yil 7-yanvargacha (keyingi o’rinlarda – “Aksiya muddati” yoki “Aksiya vaqti”)
3.2. Aksiya shartlariga javob beradigan xaridlarni amalga oshirish muddati: 2023-yil 20-noyabrdan 2024-yil 7-yanvar soat 19:00gacha (o’z ichiga oladi)
3.3. Sovrinlarni topshirish vaqti: 2024-yil 31-yanvargacha (o’z ichiga oladi)
3.4. Ushbu qoidalarda ko’rsatilgan barcha muddatlar O’zbekiston Respublikasi, Toshkent vaqti bo’yicha hisoblanadi.
3.5. Aksiya g’oliblariga sovg’alar taqdim etish joyi va vaqti Tashkilotchi tomonidan qo’shimcha ravishda
-
https://instagram.com/mcosmetic_uz:
-
https://t.me/MCosmetic_UZ ijtimoiy tarmoqlarida
va
https://mcosmetic.uz saytida xabar qilinadi.
4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABAR BERISH TARTIBI
4.1. Aksiya O’zbekiston Respublikasi hududida (keyingi o’rinlarda – O’zR) O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “M Cosmetic” chakana savdo tarmog’ida (do’konlarning aniq manzillari:
https://mcosmetic.uz/stores manzilida joylashgan va ushbu Qoidalarga ajralmas ilova hisoblanadi) (keyingi o’rinlarda “Aksiya o'tkaziladigan Hudud”) o’tkaziladi.
4.2. Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etish tartibi, aksiya shartlari (shu jumladan ularni o'zgartirish, qo'shimcha qilish haqida), Aksiya qoidalari to'g'risida xabardor qilish:
- Aksiya Tashkilotchisining rasmiy
https://mcosmetic.uz (yuqorida, bu yerda va keyingi o’rinlarda – “Sayt”) saytida;
- M Cosmetic mobil ilovasida (yuqorida, bu yerda va keyingi o’rinlarda – “Mobil ilovasi”);
- Tashkilotchining tanlovi bo’yicha boshqa usullar bilan;
- Aksiya bo’yicha savolli xatlar kelib tushganda
info_uzb@magnit.ru elektron pochtasi orqali amalga oshiriladi.
4.3. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini o’zgartirish va/yoki to’ldirish, uni muddatidan oldin to’xtatish, Aksiya haqida qo’shimcha ma`lumotlarni e`lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning shartlari to’g’risidagi ma`lumotlarni o’zgartirish va/yoki to’ldirish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining saytida e`lon qilingan taqdirda mumkin.
4.4. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirmaslik huquqini o’zida saqlab qoladi, ushbu Qoidalarda, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan va nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.
5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
5.1. Aksiya Ishtirokchilari (bu yerda, yuqorida va keyingi o’rinlarda birgalikda – “Ishtirokchilar”, alohida – “Ishtirokchi”) Tashkilotchining sodiqlik dasturida ro’yxatdan o’tgan va amaldagi/faol jismoniy yoki virtual (virtual sodiqlik kartasi M Cosmetic mobil ilovasida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak) “M Cosmetic” chakana savdo tarmog'ining Sodiqlik Kartalari egasi bo’lgan, Aksiyaning ushbu Qoidalari shartlarini bajargan va Aksiyada ishtirok etish uchun cheklovlarga ega bo’lmagan, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va 18 yoshga (o’n sakkiz yoshga) yetgan O’zbekiston Respublikasining muomalaga layoqatli jismoniy shaxslari, fuqarolari va O’zbekiston Respublikasi hududida Yutuqlar tanlovini o’tkazish va Bosh sovrin yutug’ini o’ynash vaqtida O’zbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega bo’lgan chet el fuqarolari bo’lishi mumkin.
5.2. Aksiyada 8.7-bandga muvofiq barcha kerakli hujjatlar mavjud bo’lganda 18 yoshga to’lgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va ro’yxatdan o’tgan barcha muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar hamda O’zbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega bo’lgan chet el fuqarolari, Tashkilotchining sodiqlik Dasturida ro’yxatdan o’tgan va amaldagi/faol jismoniy yoki virtual (virtual sodiqlik kartasi M Cosmetic mobil ilovasida ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak) M Cosmetic chakana savdo tarmog’ining Sodiqlik Kartalari egalari bo’lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
5.3. Aksiyada quyidagi shaxslarning ishtirok etishga yo’l qo’yilmaydi:
- Tashkilotchining xodimlari;
- Aksiya Tashkilotchisi bilan affillangan deb topilgan shaxslar;
- Tashkilotchi bilan belgilangan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega bo’lgan hamda Aksiyani tashkil etish va (yoki) o’tkazish, aksiya mahsulotlarini sotish bilan bog’liq bo’lgan xodimlar va uchinchi shaxslarning vakillari;
- yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari, to’liq va to’liq bo’lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo’lgan) aka-uka va opa-singillari;
- ushbu Aksiya qoidalari shartlarini bajarmagan shaxslar.
5.4. Ushbu Qoidalarning 7-bandi (“Aksiyada ishtirok etish shartlari va tartibi” bo’limi) shartlariga va ushbu Qoidalarning boshqa bo’limlariga mos kelmaydigan shaxslarning Aksiyada ishtirok etishi fakti aniqlangan taqdirda Tashkilotchi bunday shaxslarga Aksiyada ishtirok etishga va/yoki sovrin olishni rad etishga haqlidir.
6. AKSIYANING SOVRIN FONDI
6.1. Aksiya Sovrin jamg’armasi 6.1. – bandi Tashkilotchining mablag’lari, shuningdek, Aksiya bosh mukofotining sovrin jamg’armasi 6.2.1-bandi “FB DISTRIBUTORS GROUP” MChJ hisobidan shakllantiriladi (Aksiya sovrinlari soni cheklangan).
6.2. Aksiya sovrinlari:
- 100 000 so’mlik M Cosmetic sovg’a sertifikatlari – 25 dona;
- 200 000 so’mlik M Cosmetic sovg’a sertifikatlari – 10 dona;
- 500 000 so’mlik M Cosmetic sovg’a sertifikatlari – 6 dona;
- pardoz va yuz parvarishlash mahsulotlari bo’lgan to’plam – 10 dona;
- stilist huzurida bitta yangi yil o’zgarishi uchun sertifikat (pardoz va soch turmagi) – 5 dona;
- oila uchun (2 nafar kattalar va 14 yoshgacha bo’lgan bolalar) tog’da qishki dam olishga sertifikat - 2 dona;
- sport klubiga yillik aboniment uchun sertifikat - 3 dona;
- SPA protseduralari uchun sertifikat - 10 dona;
- 15 000 000 so’mlik pul sertifikati - 15 dona;
- iPhone 15 PRO MAX 256 GB – 15 dona.
6.2.1. “FB DISTRIBUTORS GROUP” MChJ Aksiyasining Bosh sovrini: BYD Song avtomobili bir dona miqdorida.
6.3. Tashkilotchi Aksiyaning sovrin fondini o’zgartirish, shu jumladan sovrinlar sonini, turini va boshqa xususiyatlarini o’zgartirish, shuningdek Aksiyaning ushbu Qoidalarida (Ofertada) nazarda tutilmagan boshqa sovrinlarni Aksiyaga kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi.
6.4. Aksiya sovg’alarining modeli, rangi va boshqa parametrlari va xususiyatlari Tashkilotchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi mumkin va ishtirokchilarning taxminlariga mos kelmasligi mumkin. Sovg’alar tashqi ko’rinishi bo’yicha televizion roliklarda, e`lon qilingan reklama materiallaridagi tasvirlaridan farq qilishi mumkin.
6.5. Sovrinlarning pul ekvivalenti Tashkilotchi tomonidan berilmaydi, boshqa Sovrinlar bilan almashtirilmaydi.
6.6. Barcha sovg’alar yangi. Aksiya sovg’alarining sifati bo’yicha da`volar to’g’ridan-to’g’ri sovg’a ishlab chiqaruvchilarga taqdim etilishi kerak.
7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI
7.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3-bo’limida ko’rsatilgan Aksiya muddati davomida 3.2-bandda ko’rsatilgan davrda 1 (bir) fiskal chekda 250 000 (ikki yuz ellik ming) so’m va undan ko’p miqdorda mazkur Qoidalarning 4.1-bandida ko’rsatilgan M Cosmetic chakana savdo tarmog’ining har qanday jismoniy supermarketida o’z mablag’laridan, (naqd pul to’lovi, plastik karta bilan to’lov yoki MCA kassalarini qo’llab-quvvatlovchi to’lov tizimi orqali to’lov), shuningdek M Cosmetic chakana savdo tarmog’ining sodiqlik kartalari (keyingi o’rinlarda “Sodiqlik kartasi” va/yoki “M Cosmetic chakana savdo tarmog'ining sodiqlik kartasi") foydalangan holda xarid amalga oshirishi kerak.
7.2. 1 (bir) fiskal chekdagi har 250 000 so’m uchun 1 (bir) urinish hisoblanadi. Chek summasi 500 000 so’m, 750 000 so’m va undan yuqori bo’lsa, urinishlar soni har doim bitta urinishga teng bo’ladi.
7.3. Agar 300 000 (uch yuz ming) so’m va undan ortiq summaga xarid qilinganda chekda “FB DISTRIBUTORS GROUP” MChJning sanab o’tilgan brendlaridan bir yoki undan ko’p mahsuloti mavjud bo’lsa: Natura Siberica, Organic Shop, Organic People, Planeta Organica, “Рецепты бабушки Агафьи”, ICE Professional, Organic Men, Zero, Organic Kitchen (Organic Kitchen Klava Coca liniyasidan tashqari) Ishtirokchi 6.2.1-bandda ko’rsatilgan bosh sovrin o’yinida ishtirok etishi mumkin.
7.4. Aksiya shartlari va qoidalariga muvofiq, agar
Android uchun;
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.astor.loyalty.mobile.mcosmetic&hl=ruIOS uchun:
https://apps.apple.com/ru/app/m-cosmetic/id1618932123da yuklab olishingiz mumkin bo’lgan M Cosmetic ilovasida ro’yxatdan o’tgan (to’liq so’rov olingan) sodiqlik kartasidan foydalansa, M Cosmetic jismoniy supermarketlarida 250 000 (ikki yuz ellik ming) so’m yoki undan ko’p miqdorda xaridni amalga oshirgan shaxs avtomatik ravishda Aksiya ishtirokchisi bo’ladi.
7.5. Mahsulotlarni supermarketga chek summasini ishtirok etish uchun ruxsat etilganidan kamaytiradigan miqdorda qaytarishda xaridor aksiyada ishtirok etish huquqini yo’qotadi. Agar Ishtirokchida ushbu chek bo’yicha yutib olingan sovrin bo’lsa, ushbu sovrin bekor qilinadi va foydalanish uchun mavjud bo’lmaydi.
7.6. Ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar miqdori cheklanmagan.
7.8. Tashkilotchining ixtiyoriga ko]ra, xaridorni aksiyada ishtirok etish to’g’risida xabardor qilish uchun Telegram-botga xabarlar, SMS-bildirishlar va M Cosmetic sodiqlik kartasiga biriktirilgan raqamga Push-bildirishnomalardan foydalanish mumkin.
Agar Ishtirokchi mobil ilovada, SMS yoki Telegram-botda bildirishnoma olmagan bo’lsa, u ishtirok etish va ishtirok etish urinishlarini hisoblash tarixini mustaqil ravishda tekshirishi mumkin. Agar qo’shimcha savollar tug’ilsa, ishtirokchi koll-markaziga +998712030020 raqami orqali murojaat qilishi mumkin.
7.9. G’olib tomonidan Aksiyada chek bo’yicha yutib olgandan so’ng, ushbu chek yordamida sotib olingan tovarlarni qaytarib olinmaydi, ishlab chiqarishdagi nuqsonlar aniqlangan hollar bundan mustasno.
7.10. Chek bo’yicha sovrin olingandan so’ng, bu chek endi aksiyada ishtirok etmaydi. Bitta chek - bitta sovg’a, va sovg’a yutilgandan so’ng, ushbu chek avtomatik ravishda aksiyada keyingi ishtirok etishdan chiqarib tashlanadi.
7.11 Aksiya ishtirokchisi chekni o'zida saqlab qolishi va agar u yutuq egasi bo'lsa, tashkilotchiga taqdim etishi kerak.
8. AKSIYA G’OLIBLARINI ANIQLASH
8.1. Aksiya Vaqti davomida Tashkilotchi tomonidan mazkur Qoidalarning 8.3 – bandida belgilangan Aksiya sovrinlari O’ynalishi Jadvaliiga (keyingi o'rinlarda – “Sovrinlar O’ynalishi Jadvali”) muvofiq
6 (oltita) yutuqlar Tanlovi (keyingi o’rinlarda - “Yutuqlar tanlovi”) va “FB DISTRIBUTORS GROUP” MChJdan 1 (bitta) Bosh sovrin tanlovi (keyingi o’rinlarda - “Bosh sovrinlar tanlovi”) o’tkaziladi.
8.2. M Cosmetic sodiqlik kartasi ma`lumotlar bazasida ro’yxatdan o’tishning butun davri mobaynida Aksiya ishtirokchilarining shaxsiga doir ma`lumotlarini (Familiyasi, Ismi, Otasining ismi va telefon raqami) o’z ichiga olgan sodiqlik karta raqamlari kiritiladi. Shaxsga doir ma`lumotlar (Familiya, Ism, Otasining ismi va telefon raqami) mavjud bo’lmagan taqdirda, ishtirokchi Aksiyada qatnashishiga ruxsat etilmaydi.
8.3 Yutuqlar tanlovi g’oliblari
https://randomus.ru/ kompyuter dasturidan foydalanib, tegishli Davrlar (keyingi o’rinlarda - “Mahsulotni xarid qilish Davri”) davomida ushbu Qoidalarning 7.1-Bo’limida ko’rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar o’rtasida ekranni yozish bilan tasodifiy tarzda aniqlanadi, Bosh sovrin G'olibi quyida keltirilgan “Yutuqli tanlovlar jadvali”da ko’rsatilgan tegishli Davrlar (keyingi o‘rinlarda “Mahsulotni xarid qilish davri” deb yuritiladi) davomida ushbu Qoidalarning 7.3-Bo’limida ko’rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar orasida
https://randomus.ru/ kompyuter dasturidan foydalangan holda ekrandan yozib olish rejimida tasodifiy tarzda aniqlanadi.